Hali taqdim etilmagan Huawei Nova 2 hamda Nova 2 Plus haqida yangi ma’lumotlar chiqdi

  •   DiMaX
  •  2271
  •  15.05.2017 16:08

Hali taqdim etilmagan Huawei Nova 2 hamda Nova 2 Plus haqida yangi ma’lumotlar chiqdi

Joriy oyning boshlarida Xitoy sertifikatsiya markazi – TENAA’da Huawei Nova 2 va uning «plyusli» modeli haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi. Endi esa, SlashLeaks sayti hali taqdim etilmagan ushbu ikkita smartfonning reklama tasvirlarini chop etdi. Bundan tashqari, qurilmalarning ayrim texnik tafsilotlari hamda chiqish vaqti ham ma’lum bo‘ldi.

Nimalarni ko‘rsatishgan ekan?

Reklama plakati mazkur devayslarda yonma-yon joylashgan ikkita chaqnoqli qo‘sh kamera mavjudligini tasdiqladi. To‘g‘ri, e’lon qilingan surat kameraning yoki datchiklarning biror xususiyati haqida ma’lumot bermaydi. Ammo mazkur smartfon pushti, ko‘k va yashil ranglarda sotuvga chiqarilishini ko‘rsatib turibdi. Shuningdek, barmoq izi skaneri ham gadjetning orqa panelida joylashganligi ma’lum.

Yana nimalar ma’lum?

Ushbu ikki gadjet haqidagi yangi ma’lumotlar qisman avvaldan ma’lum jihatlarni tasdiqlaydi.

Xullas, Nova 2 modelida diagonali 5,1 dyuymga teng FullHD-ekran o‘rnatiladi. Nova 2 Plus displeyi ham shunaqa sifatda, ammo o‘lchami yirikroq – 5,5 dyuymli.

Taqdim etilmagan modellar, avval tarqalgan mish-mishlardagidek Hisilicon Kirin 660 chipi emas, balki yangi Snapdragon 660 protsessorida ishlaydi. Ularning akkumulyatori 3000 mA/soat sig‘imga ega bo‘ladi. Smartfonlar Emotion UI qobig‘idagi Android 7.0 operatsion tizimida faoliyat yuritadi.

Chiqish vaqti va narxi

Boshqa bir reklama plakatiga ko‘ra, Huawei Nova 2 hamda Nova 2 Plus modellari 26 may kuni taqdim etiladi.

Biroq ularning aniq narxi hozircha ma’lum emas.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!