Internet tezligi reytingida O‘zbekiston keskin pastladi

  •   DiMaX
  •  1434
  •  18.02.2019 11:42

Internet tezligi reytingida O‘zbekiston keskin pastladi

Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga qarashli Speedtest.net internet-servisi Speedtest Global Index har oylik reytingni e’lon qildi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Speedtest statistikasi: qayerda mobil internet eng tezkor?

Ushbu reytingda 2019 yil yanvar oyi yakunlari bo‘yicha dunyodagi mobil va simli internet tezligi haqida ma’lumotlar bor. Servis reytingga o‘nlab yangi davlatlarni qo‘shdi, shuning uchun ko‘plab mamlakatlar, shu jumladan, O‘zbekistonning pozitsiyalari pasayib ketdi.

Mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston 137 davlat ichida 129-o‘rinni egalladi (8,80 Mbit/s). Simli internet tezligi bo‘yicha mamlakat 177 pog‘onadan 131-o‘rinni egalladi (11,31 Mbit/s).

Shu tariqa, O‘zbekiston reytingda mobil internet bo‘yicha 18 pog‘onaga, simli internetda esa 23 o‘ringa pastlagan.

Islandiya mobil internet tezligi bo‘yicha (73,93 Mbit/s), Singapur simli internet tezligi bo‘yicha (197,94 Mbit/s) birinchi o‘rinni egalladi.

O‘QING: Speedtest sinovidan «jonli» video: O‘zbekistonda qaysi uyali aloqa operatorining interneti eng tezkor?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!