iPhone 7 ning taxminiy narxlari e’lon qilindi

iPhone 7 ning taxminiy narxlari e’lon qilindi

Xitoyning Twitter’ga o‘xshash Weibo servisi foydalanuvchilari iPhone 7, iPhone 7 Plus va iPhone 7 Pro smartfonlarining taxminiy narxlarini aniqladi. Bu haqda, Daryo.Uz yozmoqda.

Qurilma xotirasi hajmi bo‘yicha uchta ko‘rinishda taqdim etilishi ma’lum qilinmoqda. iPhone 7 da xotira hajmi 32 Gb (hozirgi 16 Gb o‘rniga), 64 Gb va 256 Gb, keyingi modellarida esa 32 Gb, 128 Gb va 256 Gb bo‘ladi.

Nashrning ta’kidlashicha, «shubhali mish-mish»larga ko‘ra, 32 Gb xotiraga ega iPhone 7 ning narxi 795 dollardan boshlanadi. 32 Gb xotirali iPhone Plus’ning qiymati 921 dollardan, 32 Gb xotiraga ega iPhone Pro 7 niki esa 1 072 dollardan boshlanadi. Eng qimmat versiya — 256 Gb xotiraga ega iPhone 7 Pro’ning bahosi esa 1 344 dollarni tashkil etadi.