Mate 30 smartfonlari qachon taqdim qilinadi?

Mate 30 smartfonlari qachon taqdim qilinadi?

Bugungi kungi qadar Huawei Mate 30 smartfonlari haqida ko‘plab gap so‘zlar paydo bo‘ldi. Ayni damdagi avlod smartfonlari o‘tgan yilning oktyabr oyida taqdim qilinganini hisobga olganda, barchasi mantiqan to‘g‘ri. Ammo, ayrim manbaalarning taxminicha, Mate 30 kutilganidan ertaroq taqdim qilinishi mumkin.

Insayderlarning aytishicha, Mate 30 keyingi oyning o‘rtalarida yoki oxirida taqdim qilinishi mumkin. Shu sababli, oxirgi hafta davomida tarmoqda yanada ko‘plab ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi.

Agar ushbu ma’lumotlarga ishonadigan bo‘lsak, kompaniya dastlab ushbu smartfonga ham o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan Kirin 985 protsessorini taqdim qiladi. Ushbu namoyish sentyabrda bo‘lib o‘tadigan IFA 2019 ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazilishi, smartfonlar sotuvi esa ikki hafta o‘tib boshlanishi mumkin. Bu holatda Mate 30 raqibi iPhone XI bilan bir vaqtda sotuvga chiqishi, va bu Apple’ga noqulayliklar tug‘dirishi mumkin. Huawei’ga esa bu aksincha qo‘l keladi: “xitoylik texnogigant” o‘z yurishi bilan Iphone’ga bo‘lgan foydalanuvchilar e’tiborining bir qismini o‘z maxsulotlariga qaratishi mumkin. Yana bir kuchli raqobatchi Google Pixel 4 sotuvga chiqquniga qadar esa, Mate 30 allaqachon foydalanuvchilar qo‘lida bo‘ladi.

O‘QING: Xayr Android, xayr Windows! Huawei Harmony OT rasman namoyish qilindi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!