MediaTek Helio G90T'li Redmi Note 8 Pro AnTuTu'da!

MediaTek Helio G90T'li Redmi Note 8 Pro AnTuTu'da!

Kecha Xiaomi'ning sub-brendi Redmi o‘zining Note 8 va 8 Pro smartfonlarini taqdim qildi. Endi bu ikki smartfonning barcha jihatlari bilan tanishmiz. Ushbu oilaning Pro versiya gadjeti ayniqsa ahamiyatlidir, sababi u 64 megapikselli kamera sensori va MediaTek Helio G90T o‘yin protsessoriga ega dunyodagi ilk smartfon sanaladi. Mana, taqdimotdan bir kun o‘tar-o‘tmas, AnTuTu sinovi natijalari ham tayyor!

12 nanometrli hamyonbop chip o‘z toifasidagi eng yuqori ko‘rsatkichi bilan maqtana oladi. Note 8 Pro AnTuTu sinovida umumiy hisobda 282,443 ball to‘plagan. Bu a’lo natija bo‘lib, qurilmaning protsessori o‘zining sinfidagi barcha raqiblarni changida qoldira olishini isbotlaydi. Redmi'ning yangi qurilmasi qayd etgan bu natija o‘tgan yilgi Snapdragon 845 va Kirin 970'larning natijalariga juda yaqin. 

Bundan chiqdi, aytish mumkinki, Note 8 Pro foydalnuvchiga o‘tgan yilgi flagmanlar protsessori sifatini hamyonbop narxda taqdim qiladi. Smartfon sotuvga chiqishi uchun yana biroz kutishimizga to‘g‘ri keladi. Qualcomm'ning o‘rta toifa chiplari: Hello G90T va Kirin 810 o‘rtasida raqobat qizg‘in tus olishi aniq.

O‘QING: Endi Redmi Note 8 Pro haqida yanada ko‘proq bilamiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.