Mi CC9 Pro'ning yangi renderlari chiqdi. Urg‘u dizaynga berilgan

Mi CC9 Pro'ning yangi renderlari chiqdi. Urg‘u dizaynga berilgan

Ba’zida Xiaomi kompaniyasi smartfonlarining o‘ziga xos jihatlarini taqdimotga qadar oshkor qilib bo‘ladi. Mi CC9 Pro haqida ham xuddi shu gapni aytishimiz mumkin: reklamalarning bir qismi sifatida yangi mahsulot haqida batafsil ma’lumot berilyapti.Smartfonning kamera xususiyatlaridan so‘ng, kompaniya foydalanuvchilarga gadjetning tashqi ko‘rinishini namoyish qilishni istadi va uning dizayni aks etgan rasmlarni ulashdi. Smartfon, kompaniya “giperbolik“ deb nomlayotgan, aylana qirrali ekranga ega bo‘ladi. Bu displey aynan qanday o‘ziga xos belgisi bilan bozordagi boshqa displeylaridan farq qilishi haqida esa ma’lumot yo‘q. Yon tomonlar qayrilishi o‘ta radikal emas, sharshara ekranlar oldida bunday ekran dizayn borasida ip esholmaydi.Mi CC9 Pro 3.5 mm lik audio jekdan mahrum qilinmaganidan ko‘pchilik mamnun. Smartfon, albatta, yashil rangda bo‘ladi va ranglar palitrasida ko‘k, oq va qora ranglarni ham ko‘rish mumkin. Boshqa ranglarda ham bo‘lishi mumkin yoki yo‘qligi hozircha ma’lum emas. Yangi mahsulot haqida boshqa ma’lumotlarni bilib olish uchun 5-noyabrni kutamiz. Tafsilotlarni biz bilan kuzatib boring.

Husan Qodirov tayyorladi.

O‘QING: Xiaomi Mi CC9 Pro Xitoydan boshqa bozorlarga Mi Note 10 sifatida chiqariladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.