Redmi Note 9'ning taqdimotdan oldingi suratlari bilan tanishing

Redmi Note 9'ning taqdimotdan oldingi suratlari bilan tanishing

Xiaomi'ning sub-brendi Redmi o‘zining Note 9 smartfonini bugun, 30 aprel kuni onlayn taqdim qilishi rejalashtirilgan.

Ayni damda, mana shu taqdimotdan oldin qurilmaning aftidan rasmiy bo‘lgan suratlari Twitter'da paydo bo‘ldi.

Smartfon 2 xil sig‘imli xotiraga ega bo‘lishi aytilmoqda: 3/63GB va 4/128GB.

Redmi Note 9'ning orqa paneli va hoshiyalari plastikdan ishlangan bo‘lib, ekran Gorilla Glass 5 shishasi bilan qoplanadi. 6.53 dyuym diagonalli IPS LCD ekran rezolyusiyasi esa 1080x2340 bo‘ladi.

MediaTek Helio G85 chipli devays 5 020 mA/soat sig‘imli akkumulyator va 18 vattli tezkor quvvatlash imkoniga ega.

Orqa panelda esa to‘rt kamerali modul bor. Modul 48 megapiksellik, f/1.79 aperturaga ega asosiy, 8 MP f/2.2 ultrakeng, 2 MP f/2.4 makro va 2 MP sath kameralaridan tarkib topadi. Selfi kamera sifatida esa 13 megapiksellik linza qo‘yilgan.

O‘QING: 33 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga hoziroq MIUI 12 o‘rnata olasiz! (tayyor havolalar)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.