Samsung Gear 360 kamerasining sotuvi boshlandi
Samsung Electronics Galaxy Note7 fableti bilan bir qatorda Gear 360 kamerasini ham dunyo bozoriga chiqardi. Ushbu kamera shu yilning fevral oyida o‘tkazilgan MWC 2016 ko‘rgazmasida namoyish qilingan edi.
Kamera ba’zi hududlarda cheklangan miqdorda avvalroq sotilgan. Endi esa u jahon bozoriga chiqariladi va Galaxy Note7 ekosistemasining bir qismi sifatida ilgari suriladi.
Kameraning sotuvi Galaxy Note7 fableti bilan birgalikda 19 – avgustga rejalashtirilgan. AQShda uning narxi taxminan 350 AQSh dollarini tashkil qilishi kutilmoqda.
Panoramali video va tasvirlarni suratga tushirishga mo‘ljallangan Samsung Gear 360 ikkita 15 megapikselli kamera bilan jihozlangan. Kamera 3840×1920 piksel aniqlik darajasida sekundiga 360 gradusni qamrab oladigan 30 ta kadr tushirishi mumkin.
Kamera IP53 standarti bilan himoyalangan. Akkumulyator sig‘imi 1350 mA/soat. Shuningdek, Wi-Fi (802.11 a/b/g/n/ac, 2,4/5 GGs), Bluetooth 4.1, NFC va USB 2.0. standartini qo‘llab-quvvatlaydi.