Telegram’dagi tovlamachilar: namanganlik adminlar jinoyat ustida qo‘lga olindi!

  •   DiMaX
  •  2713
  •  30.05.2018 10:08

Telegram’dagi tovlamachilar: namanganlik adminlar jinoyat ustida qo‘lga olindi!

Keng ommalashgan Telegram messenjerida yurtdoshlarimiz ham turli kanallar yuritishadi. Biroq ular orasida g‘araz niyatlilari ham uchrab turar ekan.

O‘QING: Telegram orqali Suriyadan boshqarilgan terrorchilar qo‘lga olindi

Xususan, yaqinda bo‘lib o‘tgan bir noxush holat haqida «Xushnudbek.uz» Telegram-kanaliga tayangan holda Xabar nashri ma’lumot bermoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Telegram’dagi «Namanganliklar» va «Namangan-cars» kanalining ma’mur (admin)lari O.T., M.A. va J.B.lar o‘zaro til biriktirgan holda Namangan shahridagi «Sohil» kafesi rahbaridan tovlamachilik yo‘li bilan 600 AQSh dollari olgan paytda qo‘lga olingani haqidagi xabarlar tarqaldi.

«Xushnudbek.uz» kanalida yozilishicha, yollangan bir guruh ayollar kafega kirib, ovqatdan suvarak chiqqanligini aytib janjal ko‘tarishgan va ovqatdagi tarakanni videoga olib, videoni «Namanganliklar» kanali adminiga olib borib berishgan.

Voqea tafsilotlariga ko‘ra, kanal ma’muri oshxona egasini «Namanganliklar» kanalida 100 ming a’zosi borligi, agar shu video kanalga chiqarilsa, mijozlar oshxonaga kelmay qo‘yishi bilan qo‘rqitib, kafe egasidan pul talab qilgan.

Kafe egasi tegishli tashkilotlarga xabar bergandan so‘ng, tovlamachilikda gumon qilinayotgan adminlar 600 AQSh dollarini olayotgan paytda qo‘lga olingan.

Xabarga ko‘ra, «Namanganliklar» kanaliga qo‘shilgan so‘nggi xabarlar quydagicha bo‘lgan:

Hozirda bu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘QING: Telegram'dagi harakati tufayli ilk inson qamoqqa olindi