Terabayt.uz saytining Android ilovasi ishga tushdi

Terabayt.uz saytining Android ilovasi ishga tushdi

Hurmatli saytimiz o‘quvchilari!

Mamnuniyat bilan sizga terabayt.uz saytining Android ilovasi yaratilib, ishga tushirilganini ma’lum qilamiz.

Uni Play Store resursidan yuklab olishingiz mumkin: Terabayt.uz ilovasi

Ilovani smartfoningizga o‘rnating va zamonaviy texnologiyalarning barcha sohalariga tegishli yangiliklar, tavsif va narxlardan xabardor bo‘lib turing.

Sayt xabarlarini ilovada bo‘limlar orqali ko‘rish, maqolalarni keyinroq o‘qish uchun tanlab olish hamda o‘zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali do‘stlaringizga ulashish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, ilovada quyidagi qulayliklar bor:

– Yangiliklarni offlayn mutolaa qilish (buning uchun internet bor payti xabarlarni yuklab olish kerak);

– Rasm sifatini tanlash (internet trafigini tejashga yordam beradi);

– Wi-Fi,  mobil tarmoq yoki tanlov asosida rasmlarni yuklab olish;

– Rasmlarni keshlash (internet trafigini tejash va xabarlarni tez ochishga yordam beradi);

– Yangiliklar haqida push-xabarnomani yoqish yoki o‘chirib qo‘yish mumkin.

Ilovani yuklab oling va har kuni axborot-kommunikatsiya va texnika sohalariga oid o‘zbek tilidagi qiziqarli xabarlardan bahramand bo‘ling.

Biz bilan bo‘lganingiz uchun rahmat! Ilovani yanada yaxshilash bo‘yicha fikr-mulohaza va takliflaringizni kutib qolamiz.

Ilovani yuklab olish uchun manzil: Terabayt.uz ilovasi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!