Windows ISO-fayllarini ko‘chirib olishning eng oson yo‘li

  •   DiMaX
  •  3176
  •  01.04.2017 14:40

Windows ISO-fayllarini ko‘chirib olishning eng oson yo‘li

Internet rivojlangan bugungi kunda aksariyat kishilar o‘zlariga kerakli Windows versiyasini ISO formatida Microsoft saytidan ko‘chirib olishi va kompyuteriga o‘rnatishi mumkin. Ammo amalda ular saytda shunchalik chuqur yashirib qo‘yilganki, ularni izlab topish anchagina murakkab.

Biroq buning ham oson yo‘li bor, tag‘in bepul va hech qanday ro‘yxatdan o‘tishlarsiz olsa bo‘ladi. Shunchaki, Adguard saytiga kirsangiz kifoya, uning yaratuvchilari Windows 7, 8.1 hamda 10 versiyalarini ko‘chirib olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolalarni taqdim etishadi.

Siz shunchaki sahifani ochasiz, pastga ochiluvchi menyulardan o‘zingizga kerakli operatsion tizimning turi, versiyasi, tili kabi xususiyatlarini belgilab chiqasiz. Keyin esa ko‘chirib olish uchun «Skachat» tugmachasini bosasiz – olam guliston! Hech qanaqa ro‘yxatdan o‘tish, elektron manzilni kiritish, parolni terish ham kerak emas, tarmoqlanib ketgan menyu bandlari orasidan izlash ham shartmas..

Bundan tashqari, mazkur saytda nafaqat Windows, balki Microsoft Office’ni ham xuddi shunday ko‘chirib olish imkoni mavjud.

E’tibor bering, operatsion tizimlarning ISO formatidagi fayllari aynan Microsoft serverlaridan ko‘chiriladi, Adguard sayti esa shunchaki buni to‘g‘ri, tez va qiyinchiliklarsiz amalga oshirish usulini taqdim etadi. Shu bois bu usuldan foydalanish mutlaqo xavfsiz va qonuniy hisoblanadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!