«Xavfsiz shahar»ning pilot loyihasi Samarqandda amalga oshiriladi

«Xavfsiz shahar»ning pilot loyihasi Samarqandda amalga oshiriladi

«Xavfsiz shahar» loyihasining pilot loyihasi Samarqand shahrida amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu haqida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri «Siemens» kompaniyasi vitse-prezidenti boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi doirasida fikr yuritilgan. Bu xususda vazirlikning axborot xizmati xabar bermoqda.

Bilamizki, «Xavfsiz shahar» kompleksi ichki ishlar organlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlari axborot tizimlari, videokuzatuv, qoidabuzarliklarni qayd etish, ob’yektlarni qo‘riqlash, ehtimoliy tahdidlarga javob qaytarish hamda ogohlantirish tizimlari, intellektual tahlil datchiklari hamda navbatchilik-dispecherlik markazlari va ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarining qoidabuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha boshqa axborot tizimlarini integratsiya qilishni nazarda tutadi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda «Xavfsiz shahar» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha tomonlarning o‘zaro hamkorligi masalalari muhokama qilingan. Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, «Siemens» kompaniyasining vitse-prezidenti A.Liberov o‘tgan yilning 15 noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov va «Siemens» kompaniyasi texnik direktori R.Bush o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilgani va unda «Xavfsiz shahar» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolanganini qayd etdi.

Shuningdek, u «Siemens» kompaniyasi O‘zbekistonda bu loyihani amalga oshirishda ishtirok etishdan mamnunligini bildirib, nafaqat pilot loyiha, balki loyihaning butun O‘zbekiston hududida amalga oshirilishiga xayrixoh ekanini ta’kidlangan. Ma’lumotlarga qaraganda, loyihaning qiymati aniqlagandan so‘ng, uni moliyalashtirish, jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

O‘QING: IUT talabalari Andijonda “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirishda ishtirok etdilar

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!