“Xiaomi’cha jang”: Redmi S2, Redmi 5 Plus va Redmi Note 5
Xiaomi kompaniyasi Redmi S2 modelini sotuvga chiqarib, hamyonbop smartfonlar bozoridagi o‘rnini yanada mustahkamladi. Kompaniya bozorda yaxshi kamerafonlar xaridor diqqatini tez tortishini bilib olgan chog‘i, u o‘rta narx evaziga yaxshi surat oluvchi bir nechta mobil aloqa vositalarini ishlab chiqarmoqda. Bu narx evaziga ularning munosib raqiblarini topish qiyin.
Xaridor uchun jozibador narxli yaxshi smartfonlar orasida kompaniyaning o‘zining modellari ham bir-birlari bilan raqobat qiladilar. Misol uchun, yaqinda taqdim qilingan Xiaomi Redmi S2 modeli jihatlariga ko‘ra Xiaomi Redmi 5 Plus hamda Redmi Note 5 (Xitoy) modellari o‘rtasida turadi. Ayrim o‘ziga xosliklari bilan Redmi 5 Plus modeli bilan ham tenglashadi. $200 dollargacha bo‘lgan smartfonlar orasida Xiaomi Redmi S2, Redmi 5 Plus hamda Redmi Note 5 modellaridan yaxshi gadjetlarni topish -- imkonsiz.
Quyida sizga Xiaomi Redmi S2, Xiaomi Redmi 5 Plus hamda Xiaomi Redmi Note 5 jihatlarini taqqoslagan holda o‘rganish imkonini beramiz.
Xiaomi Redmi S2 |
Xiaomi Redmi 5 Plus |
Xiaomi Redmi Note 5
|
|
O‘lchamlari hamda vazni |
160.7 x 77.3 x 8.1 mm, 170 gramm |
158.5 x 75.5 x 8.1 mm, 180 gramm |
158.6 x 75.4 x 8.1 mm, 181 gramm |
Ekran |
5.99 dyuymli, 720 x 1440p (HD+), har dyuymdagi piksel - 269 ppi, ekran nisbati 18:9, IPS LCD matritsa |
5.99 dyuymli , 1080 x 2160p (Full HD+), har dyuymdagi piksel - 403 ppi, ekran nisbati 18:9, IPS LCD matritsa |
5.99 dyuymli , 1080 x 2160 pixels, har dyuymdagi piksel - 403 ppi, ekran nisbati 18:9, IPS LCD matritsa |
Protsessor |
Qualcomm Snapdragon 625, sakkiz yadroli, 2.0 Ggs chastota tezligi |
Qualcomm Snapdragon 625, 8 yadroli, 2 Ggs chastota tezligi |
Qualcomm Snapdragon 636, sakkiz yadroli 1.8 Ggs chastota tezligi |
Xotira |
3 GB tezkor va 32 GB doimiy yoki 4 GB tezkor va 64 GB doimiy, micro SD bo‘lmachasi. |
3 GB tezkor va 32 Gb doimiy yoki 4 GB tezkor va 64 GB doimiy, shuningdek micro SD bo‘lmachasi. |
4 GB tezkor va 64 GB doimiy yoki 6 GB tezkor hamda 64 GB doimiy, shuningdek micro SD bo‘lmachasi. |
Operatsion tizim |
Android 8.1 Oreo, MIUI 9.5 |
Android 7.1.2 Nougat, MIUI 9.5 |
Android 7.1.2 Nougat, MIUI 9 |
Aloqa imkoniyatlari |
Wi-Fi 802.11 b/g/n, Bluetooth 4.2, GPS |
Wi-Fi 802.11 a/b/g/n, Bluetooth 4.2, GPS |
Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac, Bluetooth 5.0, GPS |
Kamera |
Qo‘sh ob’yektivli: 12 + 5 MP f/2.2 |
Bir ob’yektivli: 12 MP f/2.2 |
Bir ob’yektivli: |
Akkumulyator |
3080 mA soat |
4000 mA soat |
4000 mA soat , Quick Charge 2.0 tezkor quvvatlash texnologiyasi |
Qo‘shimcha jihatlar |
Qo‘sh SIM karta bo‘lmachasi |
Gibrid qo‘sh SIM karta bo‘lmachasi, ya’ni bittasini xotiraga almashtirish mumkin. |
Gibrid qo‘sh SIM karta bo‘lmachasi, ya’ni bittasini xotiraga almashtirish mumkin. |
Xiaomi Redmi Note 5 (xalqaro bozorda Redmi 5 Pro nomi bilan mashhur) modeli Xiaomi Redmi S2 va Xiaomi Redmi 5 Plus bilan solishtirib ko‘rganda, bir qadam oldinda. Xiaomi Redmi Note 5 modelining protsessori kuchliroq ekani evaziga bu smartfonning ishlashi nisbatan tezkor va bir tekis.
Shu bilan birga, Xiaomi Redmi Note 5 modelida 6 gigabaytli tezkor xotira o‘rnatilgan hamda uning raqiblarining tezkor xotirasi 2 gigabayt kichikroq. Aslida 4 gigabaytli tezkor xotira ham bugungi foydalanuvchi uchun yetib ortadi.
Xiaomi Redmi Note 5 modeliga o‘rnatilgan kamera (12 Mp (f/2.2) LED fotochaqnoq va fazali avtofokus) ham Redmi S2 hamda 5 Plus modellari bilan taqqoslaganda, birmuncha yaxshi. Shuningdek, Xiaomi Redmi Note 5 "quvvat toshi" ham uzoqqa yetadi. 4,000 mA soat tok sig‘imiga ega akkumulyatorni ikkinchi avlod quvvatlash texnologiyasi bilan tezkor quvvatlash mumkin.
Redmi Note 5 narxi ma’qul bo‘lmagan taqdirda, Redmi S2 hamda Redmi 5 Plus modellari ham ayni muddao.
Ular o‘rtasidagi farqni kamera ham akkumulyator imkoniyatlarida ko‘rish mumkin. Redmi S2 kamerasi (sun’iy aql texnologiyasiga ega) ancha ilg‘or. Kamera masalasida 12+5 megapikselli texnologik yechim tatbiq qilingan. Old panelda esa 16 megapikselli kamera mavjud.
Xiaomi Redmi 5 Plus esa undan akkumulyatorining 4000 mA soat ekani bilan ustun.
Qolaversa, ekran sifati borasida Xiaomi Redmi 5 Plus modeli g‘olib keladi.
Shu bilan birga, Xiaomi Redmi S2 doimiy xotirasini microSD kartasi yordamida 128 gigabaytga kattalashtirish ham mumkin. Buning uchun sim-karta bo‘lmachalardan birini "fido qilish" shart emas. Biroq, Xiaomi Redmi 5 Plus modelida bo‘lmachalar gibrid, ya’ni ikki sim-karta yoki bitta xotira kartasi va bitta sim-karta.
Quyida "Malika"da mazkur raqiblar necha puldan sotilayotganini eslatib o‘tamiz:
Xiaomi Redmi S2: 1 558 000 so‘mdan boshlab;
Xiaomi Redmi 5 Plus: 1 250 000 so‘mdan boshlab;
Xiaomi Redmi Note 5: 1 600 000 so‘mdan boshlab sotilmoqda.
Albatta, narx har joyda turlicha bo‘lishi mumkin.
Xiaomi Redmi S2 va Xiaomi Redmi 5 Plus birgalikda Xiaomi Redmi Note 5 modeliga qarshi: kuchli va kamchilik jihatlari
Xiaomi Redmi S2
Kuchli jihatlari:
Kamerasi juda ilg‘or
Narxi esa arzon
micro SD bo‘lmachasi alohida
Qadoqdayoq Oreo tizimida ishlaydi
Kamchiligi:
HD sig‘imlit displey
Xiaomi Redmi 5 Plus
Kuchli jihatlari:
Akkumulyatori uzoqqa yetadi
Displey keng hamda sig‘imdor
Narxi esa hammabop
Kamchiligi:
Kamerasi o‘ziga yarasha
Xiaomi Redmi Note 5
Kuchli jihatlari:
Ekran namoyishi yuqori
Kamerasi ham yomon emas
Akkumulyatori ham yaxshi
Kamchiligi:
Narxi raqiblariga nisbatan baland