Xitoy smartfonlaridan keraksiz ilovalarni o‘chirish osonlashadi

Xitoy smartfonlaridan keraksiz ilovalarni o‘chirish osonlashadi

Xitoyning sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi 2017 yilning 1 iyulidan boshlab mamlakatda ishlab chiqariladigan smartfonlarga nisbatan bir qator talablarni e’lon qildi, deb xabar bermoqda China-Review.

Hujjatda aks etgan qoidalarga binoan, xitoylik smartfon ishlab chiqaruvchilardan smartfonga oldindan o‘rnatiladigan servis va ilovalarni o‘chirish imkotiyatini taqdim etish so‘ralgan. Shuningdek, dastur yangilanishi orqali mazkur keraksiz ilovalar smartfonda qayta paydo bo‘lishi yoki tiklanishi mumkin emas.

Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilar qurilmalarni sotadigan va yetkazib beradigan kompaniyalarga mijozning roziligisiz biror bir ilovani smartfonga o‘rnatishni taqiqlashlari lozim etib belgilangan.

Bunday choralar iste’molchilar huquqining buzilishini oldini olish hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish maqsadida kiritilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!