Xitoyliklar olovga bardoshli arzon smartfon ishlab chiqishdi

Xitoyliklar olovga bardoshli arzon smartfon ishlab chiqishdi

Suv o‘tkazmaydigan, tushib ketganida sinmaydigan smartfonlar ko‘pchilik uchun odatiy holga aylandi. Ommani nima bilan hayratga solish mumkin u holda? Xitoylar buni bilishadi! Oukitel kompaniyasi olovga chidamli K6000 smartfonini namoyish qildi. Ushbu mahsulot sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Oukitel K6000 ning olovbardoshligi boshqa uskunadan yuborilgan o‘t bilan tekshirib ko‘rildi. Yuqori haroratda uning qariyb hamma tomoni cho‘g‘day qizidi. Biroq u nafaqat ish faoliyatini, balki rangini ham o‘zgartirmadi.

Oukitel K6000ning asosiy jihati bunda emas, balki 6000 mAs hajmli batareyasidadir. Uning 100 foiz quvvatlanishi uchun 2 soat talab qilinadi. Uni besh daqiqa zaryadlashga ulgurgan bo‘lsangiz ham, ikki soat tinimsiz suhbatlashishingiz mumkin. Shuningdek, u orqali bir vaqtning o‘zida oltitagacha mobil qurilmani quvvatlash mumkin.

Smartfon ekrani 5,5 dyum bo‘lib, piksellar sig‘imi 1280×720 nuqtani tashkil etadi. To‘rt yadroli MediaTek MT6735P protsessori 1 GGs chastotada ishlaydi. Grafika uchun esa Mali-T720 GPU javobgar. Smartfonning tezkor (operativ) xotirasi 2 Gb bo‘lsa, ichki xotirasi 16 Gb dan iborat.

Oukitel K6000 narxi 139,99 dollarni tashkil etadi.

Sinov jarayoni tasvirlangan videoni