Yangi Galaxy S10 lineykasida chiqadigan uchta smartfonning faqat bittasida uchta kamera bo‘ladi

  •   Saroy
  •  632
  •  13.09.2018 17:02

Yangi  Galaxy S10 lineykasida chiqadigan uchta smartfonning faqat bittasida uchta kamera bo‘ladi

Samsung kompaniyasi yangi Galaxy S10 flagman smartfonlari lineykasi ustida ish olib bormoqda. Hozircha tarmoqlarda qurilmalar haqida ayrim tafsilotlar paydo bo‘ldi.

Bundan avval Galaxy S10 uch xil rangda chiqishi ma’lum qilingan edi. Ma’lumotlarga qaraganda, ulardan biri (Galaxy S10 Plus) uchtalik kameraga ega bo‘ladi.  Mish-mishlarga qaraganda u  burchak kengligi 78 daraja bo‘lgan 12 megapikselli modul bo‘ladi, kengburchakli 16-megapikselli modul esa 123 daraja va teleob’yektivi 13 Mp’gacha bo‘ladi. Yangi qurilma xuddi Galaxy S9 kabi f/1.5 dan f/2.4 gacha o‘zgaruvchan diafragmaga ega. Ustiga ustak, Galaxy S10 Plus kengburchakli va teleob’yektivda optik stabilizatsiyaga ega bo‘ladi.

Gap-so‘zlarga qaraganda, Galaxy S10’ning eng kichik versiyasi 5.8-dyuymli displey bilan ta’minlanadi, o‘rtachasi 6.2-dyuymli,  Galaxy S10 Plus esa 6.5 dyuymli ekranga ega bo‘ladi. Uchchalasi ham yangi Exynos va Snapdragon protsessori bilan ta’minlanadi (bozorda sotilishiga qarab versiyasi tanlanadi). Yana ayrim manbalarda aytilishicha, Samsung hozircha ekranosti skaner o‘rnatishni rejalashtirgani yo‘q, biroq taqdimotgacha hali ancha vaqt bor va barchasi o‘zgarishi ham mumkin. 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.