105 dollarlik Redmi 7 namoyish kunini Xiaomi vitse-prezidenti rasman tasdiqladi

  •   DiMaX
  •  2306
  •  12.03.2019 09:27

105 dollarlik Redmi 7 namoyish kunini Xiaomi vitse-prezidenti rasman tasdiqladi

Weibo ijtimoiy tarmog‘iga kecha Redmi 7 smartfonining taqdimot kunini aks ettiruvchi poster chiqdi. Uni Xiaomi korporatsiyasining vitse-prezidenti hamda Redmi brendining rahbari Lu Veybing (Lu Weibing) e’lon qilgan.

O‘QING: Redmi 7’ni taqdimotidan avval Redmi Note 7 bilan «jonli» videoda taqqoslab ko‘rsatishdi!

Avvalroq ushbu modelning 18 mart kuni taqdim etilishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Endi esa kompaniya bu gadjetning shu sanada taqdim qilinishini rasman tasdiqladi.

Xiaomi rahbari avvalroq Weibo foydalanuvchilari bilan yozishmalarida ushbu smartfonning narxini ham aytgan edi.

O‘QING: Xiaomi rahbari hamyonbop Redmi 7 narxi va jihatlarini ma’lum qildi

Redmi 7 tashqi ko‘rinishi jihatidan Redmi Note 7 modeliga o‘xshab ketadi, ammo farqlari ham mavjud. Uning 6,26 dyuymlik ekrani tomonlari o‘zaro 19:9 nisbatida, tasvir aniqligi esa 1520x720 pikselga teng. Smartfon sakkiz yadroli protsessor, 4 GBgacha tezkor va 64 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Qo‘shaloq bosh kamerasi 12 va 8 megapiksellik, old kamera esa 8 megapiksellik datchiklarga ega. Akkumulyatori ham narxiga nisbatan juda yaxshi – naq 4000 mA/soatlik bo‘lishini aytishmoqda.

Aytib o‘tish kerakki, xitoycha Redmi Note 7 modelini O‘zbekistonda hozircha faqat AliExpress’dan buyurtma orqali sotib olish mumkin. Jahon bozoriga chiqarilgan ayrim Xiaomi smartfonlarini esa 819 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya doirasida bu xaridingiz yanada yoqimli va manfaatli bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari endi qimmatlaydi – buni shaxsan kompaniya bosh direktori aytdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.