11 avgustda Samsung taqdim etadigan TWS-quloqchin va ikki xil buklamafon narxlari ma’lum bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  761
  •  05.08.2021 12:44

11 avgustda Samsung taqdim etadigan TWS-quloqchin va ikki xil buklamafon narxlari ma’lum bo‘ldi

Samsung kompaniyasi yangi qurilmalar namoyishiga bag‘ishlangan navbatdagi Galaxy Unpacked tadbirini 11 avgust kuni o‘tkazishi iyunning oxiridayoq fosh bo‘lgan. Shuningdek, biz unda ikkita yangi buklamafon, yangi smart soatlar va yangi simsiz quloqchin taqdim etilishi haqida ham yozganmiz.

O‘QING: Samsung kompaniyasi Galaxy S21 FE smartfonini 11 avgust sanasidagi taqdimotda namoyish etmasligi mumkin

XDA Developers resursida shu kuni namoyish etilayotgan ikkita smartfon hamda butkul simsiz quloqchinning Yevropadagi narxlarini e’lon qilindi.

Galaxy Z Fold 3 narxlari:

  • 12/256 gigabaytligi – 2009 yevro;
  • 12/512 gigabaytligi – 2099 yevro.

Galaxy Z Flip 3 narxlari:

  • 8/128 gigabaytligi – 1029 yevro;
  • 8/256 gigabaytligi – 1109 yevro.

Galaxy Buds 2 quloqchini narxi esa 150 yevroni tashkil etadi.

Yuqoridagilardan tashqari, janubiy koreyalik texnogigant mazkur tadbirida Galaxy Watch 4 Classic rusumli yangi aqlli soatini ham namoyish etishi kutilmoqda. Uning narxi noma’lum, ammo mazkur gadjet Samsung hamda Google hamkorligida ishlab chiqilgan yangi platformada ishlashi aytilmoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, avgust)