11 fevralgacha g‘ayrioddiy strategiya va shuter o‘yinlarni olib qo‘yib, bir umr bepul o‘ynang!

  •   DiMaX
  •  1542
  •  05.02.2021 12:35

11 fevralgacha g‘ayrioddiy strategiya va shuter o‘yinlarni olib qo‘yib, bir umr bepul o‘ynang!

Kechagina biz Valve kompaniyasi o‘zining Steam platformasidagi o‘yin festivali doirasida hali chiqmagan 500 dan oshiq «kelajak o‘yinlari»ni tekinga o‘ynash imkonini bergani haqida yozgan edik. Endi esa Epic Games o‘yin do‘koni geymerlarga ikkita mahsulotni vaqtincha bepul beryapti.

O‘QING: Ilon Mask chiplashtirgan maymun allaqachon videoo‘yin o‘ynayapti!

Ushbu dam olish kunlarida Epic Games do‘konidan ikkita o‘yinni bepul olib qo‘yish imkoni mavjud va shulardan biri Metro: Last Light Redux deb nomlanadi. Uning voqealari 2034 yilda kechadi – yadro hujumidan so‘ng Moskva vayronaga aylanadi, tirik qolganlar esa metro devorlarida jon saqlashga harakat qilishadi...

Metro: Last Light Redux o‘yinini olish uchun mana bu havola yordamida Epic Games Store saytidagi tegishli sahifaga o‘tasiz.

O‘QING: Geymer lavozimida ish bor – maoshi yiliga 41 ming dollar!

Vaqtincha bepul berilayotgan ikkinchi o‘yin esa For The King nomli strategiyali sarguzasht hisoblanadi. Unda har gal xaritalar yo‘l-yo‘lakay yangidan tuziladi, syujet esa har safar boshqa-boshqa kvestlar va voqealar evaziga yanada qiziqarli bo‘lib boradi.

Strategiya ishqibozlari mazkur o‘yinni ushbu havola yordamida olib qo‘yishlari mumkin. Har ikkala o‘yin 11 fevral kuni kechqurungacha tekinga berilmoqda, lekin shu muddatda olib ulgursangiz, keyin istalgan payt bepul o‘ynayverasiz.

O‘QING: Boylar ham o‘ynaydi: Ilon Maskning sevimli videoo‘yinlari qaysilar?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.