150 dollardan boshlanuvchi 5G-smartfonlar – Redmi Note 9 va Note 9 Pro: aniq taqdimot kuni, narx va xususiyatlari

  •   DiMaX
  •  5374
  •  09.11.2020 18:11

150 dollardan boshlanuvchi 5G-smartfonlar – Redmi Note 9 va Note 9 Pro: aniq taqdimot kuni, narx va xususiyatlari

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi Redmi Note 9 smartfonini 5G-versiyada chiqarayotgani haqida yozgan edik. Redmi brendi bosh menejeri Lu Veybing (Lu Weibing) ushbu qurilma va uning Pro talqini qachon namoyish etilishini aytdi.

O‘QING: Redmi K30S – ushbu turkumdagi so‘nggi flagman!

Lu Veybing so‘zlariga ko‘ra, Redmi Note 9 5G hamda Redmi Note 9 Pro 5G modellari «Bo‘ydoqlar kuni», ya’ni 11 noyabr (11.11) sanasida taqdim qilinadi. TENAA sayti esa bu ikkala smartfonning ham asosiy texnik xususiyatlarini oshkor etgan.

Standart versiyadagi – Redmi Note 9 5G modeli Dimensity 800U protsessori bazasida ishlaydi. Uning IPS-matritsali ekrani diagonaliga 6,53 dyuymlik bo‘lib, aniqligi FHD formatida. Xiaomi unga 4900 mA/soatlik akkumulyator o‘rnatgan va u 22,5 vattlik tezkor quvvatlana oladi.

Xaridorlarga bu smartfon 4, 6 va 8 gigabaytlik tezkor hamda 64, 128 va 256 gigabaytlik doimiy xotirali variantlarda taklif etishadi. Smartfonning bosh kamerasida 48 megapiksellik asosiy datchik, selfi uchun esa 13 megapiksellik old kamera qo‘llanmoqda.

O‘QING: Eng kuchli protsessorli eng arzon flagman bir daqiqada 100 000 tadan ortiq sotildi!

Redmi Note 9 Pro 5G fabletiga kelsak, uning «elektron yuragi» Snapdragon 750G chipseti bo‘ladi. Kompaniya mazkur modelida o‘lchami 6,67 dyuymlik, tasvir yangilanishi 120 gerslik LCD-displey qo‘llamoqda. Batareyasining sig‘imi 4720 mA/soatlik, tezkor zaryadlanish quvvati esa 33 vattlik.

Smartfon tezkor xotira variantlari 6, 8 va 12 gigabaytlik bo‘lsa, doimiy xotirasi 64, 128 va 256 gigabaytlik variantlarda. Ushbu modelning bosh kamerasida naq 108 megapiksellik Samsung ISOCELL HM2 sensori o‘rnatilmoqda. Smartfonning old kamerasi esa 16 megapiksellik aniqlikda.

Mobile China nashri esa Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasi orqali ularning narxlarini ham e’lon qildi. Unga ko‘ra, bulardan birinchisining boshlang‘ich narxi 150 AQSh dollariga teng bo‘ladi. Uning Pro-talqini esa 225 dollardan boshlanuvchi narxlarda taklif etiladi.

O‘QING: Xiaomi yana 16 xil smartfonida Android 11 proshivkasini sinab ko‘rmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.