20 sentyabrdan TikTok ham, WeChat ham App Store va Google Play’dan o‘chirib tashlanyapti!

  •   DiMaX
  •  759
  •  19.09.2020 11:29

20 sentyabrdan TikTok ham, WeChat ham App Store va Google Play’dan o‘chirib tashlanyapti!

TikTok atrofidagi mojarolar jiddiy tus oldi va Donald Tramp farmoniga ko‘ra nafaqat u, balki WeChat messenjeri ham AQShda taqiqlanadigan bo‘ldi. Bu xususda mamlakat Savdo vazirligi (US Department of Commerce) rasman xabar berdi.

O‘QING: TikTok’ka navbatdagi zarba: YouTube uning raqibini ishga tushirdi

Har ikkala ilovani yakshanba – 20 sentyabr kuni AQShdagi App Store hamda Google Play kataloglaridan olib tashlashadi. Bloklash sababi – bu dasturlarning milliy xavfsizlikka tahdid tug‘dirishidir, deyiladi xabarda.

WeChat messenjerining foydalanuvchilari AQShda aytarli ko‘p emas, shuning uchun uning ma’muriyati bu masalaga uncha jon kuydirmayapti. TikTok esa bu mamlakatda kuniga 50 millionlik faol auditoriyasi bor. Mazkur servisga egalik qiluvchi ByteDance internet-kompaniyasi yaqinda ilk bor e’lon qilgan uning foydalanuvchilari soni haqidagi statistik ma’lumotlarda ham bu aks etgan.

TikTok’ning AQShdagi biznesini dastlab Microsoft korporatsiyasi sotib olmoqchi edi, lekin xitoyliklar yaqinda unga rad javobini berishdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, uni Oracle xarid qilishi mumkin, lekin tomonlar hozircha kelisha olmayapti.

O‘QING: Qoyilmisiz: iPhone tutganlarni ishdan bo‘shatishyapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!