26 mayda taqdim etilayotgan Redmi 10X ilk «jonli» suratlarda!

  •   DiMaX
  •  1512
  •  19.05.2020 10:47

26 mayda taqdim etilayotgan Redmi 10X ilk «jonli» suratlarda!

Kecha – 18 may kuni MediaTek kompaniyasi bir vaqtning o‘zida 5G tarmog‘idagi ikkkita SIM-kartani qo‘llovchi Dimensity 820 protsessorini taqdim etggan. U mazkur chipset bazasidagi birinchi smartfon Redmi 10X 5G bo‘lishini aytgan, Xiaomi esa ushbu modelining taqdimot kuni va ayrim xususiyatlarini oshkor etgan.

O‘QING: Taqdim etilmagan Redmi 9 modeli Xiaomi saytiga, Redmi 10X ikkalasi yana Geekbench’ga ham chiqdi!

Endi esa insayderlar Redmi 10X modelining ilk haqiqiy rasmlarini e’lon qilishdi. Qurilma dizayni namoyishdan avval fosh bo‘lishining oldini olish maqsadida uni maxsus g‘ilofga solishgan.

Shunga qaramasdan, uning ayrim jihatlari baribir oshkor bo‘lgan. Masalan, yuqoridagi suratga ko‘ra, Redmi 10X korpusining pastki qirrasida dinamik tirqishi, USB-C porti hamda 3,5 mm.lik quloqchin tirqishi joylashgan.

O‘QING: Redmi K30 va K30 Pro arzonlashdi, chunki Redmi X10, Redmi X10 5G hamda Redmi X10 Pro 5G tayyor!

Smartfonni o‘chirib-yoqish hamda ovozini balandlatish-pastlatish tugmachalari korpusning o‘ng qirrasidan o‘rin olgan. Asosiy kameraning to‘rtburchak blogi esa mazkur g‘ilofda plastik qopqoq bilan yashirib qo‘yilgan:

Lekin kompaniyaning o‘zi Redmi 10X kamerasi to‘rt modulli ekanini ko‘rsatgan va uning 48 + 8 + 2 + 2 megapiksellik datchiklarni o‘z ichiga olishi aytilmoqda.

O‘QING: «Supersamarador» Redmi Note 10 5G allaqachon TENAA’da: «jonli» suratlari va xususiyatlari

Redmi 10X korpusining yuqori qirrasida esa mikrofonlar uchun ikkita mitti tirqishcha mavjud:

Redmi brendi rahbari ushbu smartfonning AnTuTu benchmarkida 415 277 ballik natija ko‘rsatganini ham aytgan.

O‘QING: Xiaomi rahbari «o‘z kompaniyasiga xiyonat» bilan qo‘lga tushdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!