29 avgustgacha Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga ulkan chegirmalar bor

  •   DiMaX
  •  2210
  •  25.08.2020 15:43

29 avgustgacha Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga ulkan chegirmalar bor

Xiaomi kompaniyasi Rossiyadagi rasmiy onlayn-do‘konida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan chegirmalar e’lon qildi. Xabarga ko‘ra, bu hali arzonlatib sotishning birinchi bosqichi bo‘lib, 29 avgustgacha davom etadi.

O‘QING: Taniqli kompaniyaning 12 xil smartfonini naq 500 dollargacha chegirma bilan olish mumkin!

Mazkur aksiya doirasida 20 ming rublgacha boruvchi chegirmalar taklif etilmoqda. Ya’ni, tezkor/ichki xotirasi tegishlicha 8/256 gigabaytlik Xiaomi Mi 10 flagmanini odatdagi 69 990 rubl o‘rniga aksiya davrida 49 990 rublga olish mumkin.

Poco F2 Pro smartfonining 8/256 gigabaytlik varianti narxini esa 49 990 rubldan to 39 990 rublgacha pasaytirishgan. Eslatib o‘tamiz, bu – Xitoyda taqdim qilingan flagman – Redmi K30 Pro modelining global versiyasidir.

AnTuTu benchmarkining o‘tgan oydagi eng qudratli hamyonbop smartfonlar global ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egallagan Redmi Note 8 Pro uchun esa 5 ming rubllik chegirma bor: uni 19 990 rublga emas, balki 14 990 rublga olish mumkin.

Qiziqarli chegirmalar Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlaridan tashqari, kompaniya ekotizimining qolgan qurilmalari – televizor, quloqchin, robot-changyutgich va hokazolar uchun ham amal qiladi. Demak, ayni damda Rossiyada bo‘lib turgan muxlislarimiz rasmiy saytdagi tegishli sahifaga mana bu havola orqali o‘tib, chegirmalardan foydalanishlari mumkin. Agar yaqinlaringizdan kimdir ayni damda shu mamlakatda bo‘lsa – bu yangilikni ularga yetkazib qo‘ysangiz ham bo‘ladi.

O‘QING: Redmi o‘ninchi avlod eng arzon smartfonini biryo‘la MIUI 12 bilan chiqardi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.