32 MPlik selfi-kamerali Redmi Y3 taqdimot kunini Xiaomi rasman e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  1350
  •  16.04.2019 17:51

32 MPlik selfi-kamerali Redmi Y3 taqdimot kunini Xiaomi rasman e’lon qildi

Xiaomi korporatsiyasining Redmi S2 rusumli smartfoni Hindistonda Redmi Y2 modeli sifatida taqdim etilganidan xabaringiz bor. Uning «avlod»i haqida keyingi kunlarda tarqalgan mish-mishlar rost bo‘lib chiqdi – Redmi Y3 ham tayyor!

O‘QING: "Malika"dagi "selfi-killer" — Redmi S2'ni o‘rganamiz

Kompaniyaning Hindiston bo‘linmasi kecha bu haqdagi rasmiy posterini o‘z Twitter-akkaunti orqali e’lon qildi. Unga ko‘ra, Redmi Y3 smartfonini 24 apreldagi tadbirda namoyish etishadi.

Rasmiy posterga qaraganda, Redmi Y3 displeyi tomchisimon «kemtik»li bo‘lib, u yerda 32 megapiksellik old kamera joylashadi. Afsuski, Xiaomi uning boshqa xususiyatlarini ma’lum qilmagan.

O‘QING: «Jonli» foto: Xiaomi xodimi kamerasi korpusdan chiquvchi, SD 855 chipli Redmi flagmanini «sotib qo‘ydi»!

O‘tgan yilgi holatdagi singari, bu smartfon ham Hindistondan tashqariga Redmi S3 nomi ostida chiqarilishi kutilmoqda. Yana ayrim mish-mishlarga qaraganda, global bozorga Redmi 7 Pro modeli sifatida ayni shu smartfon bo‘ladi.

«Superselfi»lar oluvchi Redmi Y3 smartfonining narxi hozircha noma’lum, ayrim Xiaomi telefonlarini esa 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Xiaomi yettita rusumdagi Redmi smartfonlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!