5000 mAs batareyali eng arzon Samsung smartfoni 2 fevralda chiqyapti

  •   DiMaX
  •  875
  •  30.01.2021 10:02

5000 mAs batareyali eng arzon Samsung smartfoni 2 fevralda chiqyapti

Samsung bultur Redmi hamda Realme arzon smartfonlariga Samsung javoban Hindistonda Galaxy M01 qurilmasini chiqargan edi. Undan keyin taqdim etilgan yana bitta – Galaxy M01s modeli uchun esa unisidan ham past narx belgilangan. Bu yilning boshida bo‘lsa...

O‘QING: 5000 mAs akkumulyatorli Galaxy M02s kutilganidan ham arzon narxda chiqdi!

Janubiy koreyalik korporatsiya ushbu turkumda navbatdagi – Samsung Galaxy M02 gadjetini ham tayyorlabdi va u allaqachon Amazon India saytiga chiqib ham ulgurgan. U yerda qurilmaning asosiy xususiyatlari hamda savdosining boshlanish sanasi ko‘rsatilgan.

Galaxy M02 modelini 6,5 dyuymlik Infinity-V turidagi (tomchisimon kemtikli) displey bilan jihozlashgan. Uning tasvir uzatish aniqligi HD+ formatida, ya’ni 1560x720 piksellik. Shuningdek, onlayn do‘kon uning akkumulyatori 5000 mA/soatlik ekanligini ham aytmoqda.

O‘QING: Nihoyat, jahon smartfon bozorida Samsung’ni quvib o‘tishdi!

Manbaning ta’kidlashicha, Galaxy M02 smartfoniga taxminan 96 dollarga teng narx belgilanmoqda; ya’ni, u mazkur hududdagi eng arzon Samsung smartfoni bo‘ladi. Sertifikatsiya ma’lumotlariga ko‘ra, uning bosh kamerasi qo‘shaloq bo‘lib, 13 va 2 megapiksellik sensorlarni o‘z ichiga olgan.

Bu bir qarashda kompaniya kuni kecha taqdim etgan boshqa bir – Galaxy A02 rusumli smartfonning reneyming qilingan nusxasi bo‘lib tuyulishi ham mumkin. Lekin unisida MediaTek MT6739W protsessori qo‘llangan edi, Galaxy M02 modeli bo‘lsa Snapdragon 450 chipseti bazasida tayyorlangan, deyishmoqda.

Samsung ushbu smartfonini 2 fevralda namoyish etib, savdosini ham boshlamoqchi. Uning to‘liq texnik jihatlari, boshqa mamlakatlar bozorlariga chiqish-chiqmasligi ham o‘shanda ma’lum bo‘lsa kerak – bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: Potensial bestsellerlar – Galaxy A52 hamda Galaxy A72 narxlari chiqdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!