67 655 dollarlik quloqchin qimmatmi? 750 000 dollarligi chiqdi!

  •   DiMaX
  •  1690
  •  06.02.2020 14:11

67 655 dollarlik quloqchin qimmatmi? 750 000 dollarligi chiqdi!

Turli ilg‘or texnologik mahsulotlarning lyuks-versiyalarini ishlab chiquvchi Caviar brendi haqida ko‘p yozganmiz. Undan boshqa kompaniyalar, zargarlik firmalari va kiyim-kechaklar brendlari ham shunday qilib turadi.

O‘QING: 20 000 dollarlik AirPods chiqdi! Bilasizmi, uning siri nimada?

 Caviar o‘tgan yili Apple taqdim etgan butkul simsiz AirPods Pro quloqchinining bir necha variantlardagi qimmatbaho talqinlarini namoyish qilgan va ularning eng zo‘ri 67 655,52 AQSh dollariga narxlangan.

Quloqchin ishlab chiqaruvchi Beats kompaniyasi londonlik zargar Graff bilan hamkorlikda tayyorlagan Diamond & Ruby Beats Pro modeli esa hammasidan oshib tushdi. Yagona nusxada chiqarilgan ushbu aksessuar uchun oz emas, ko‘p emas – naq 750 000 dollar so‘rashyapti!

Diamond & Ruby Beats Pro korpusi platinadan ishlangan va unga jami naq 126,76 qirotlik brilliant va yoqut (rubin) qadalgan.

Quloqchinga haqiqiylik sertifikati ham ilova qilingan – u gadjetda chindan ham haqiqiy Graff qimmatbaho toshlari qo‘llanganini tasdiqlaydi. Xohlovchilar u bilan batafsil tanishish va cho‘ntagi ko‘tarsa xarid qilish uchun mana bu havola orqali Diamond & Ruby Beats Pro rsmiy sahifasiga o‘tishlari mumkin.

O‘QING: Qoraqalpog‘istonlik onaxonga o‘g‘li oltin iPhone X hadya etdi (+video)