Ajoyib poyga simulyatori – Forza Horizon 5 xaritasi va 12 daqiqalik geympley videosini tomosha qilamiz!
Poyga simulyatorlari turkumi – Forza Horizon o‘yinlarining uchinchi va to‘rtinchi nashrlari o‘n yillikning eng zo‘r o‘yinlari reytingiga kirgan. Electronic Entertainment Expo o‘yinlar ko‘rgazmasining bu yilgisi – E3 2021 tadbirida esa Microsoft uning navbatdagi qismini e’lon qilib, treyler videosini ulashgan.
O‘QING: The Guardian reytingi: XXI asrning eng zo‘r ellikta o‘yini
Forza Horizon 5 o‘yini shu yil 9 noyabrdan Xbox One, Xbox Series X hamda Series S pristavkalariga, shuningdek kompyuterlarga ham chiqariladi. Ungacha esa mashhur poygalar turkumining ushbu beshinchi qismida mashina haydaladigan yo‘llar xaritasi e’lon qilindi.
O‘yin ijodkorlarining ta’kidlashlaricha, beshinchi qism xaritasi Forza Horizon 4 xaritasidan bir yarim baravarga katta. Bu xarita bitta mamlakatda butun dunyoni aks ettiradi – geymerlar unda tog‘lar va changalzorlar, jarliklar va plyajlar, qadimiy inshootlar va zamonaviy shaharlarni ham ko‘rishadi.
O‘QING: Antiqa reyting: 2020 yilning eng yomon o‘nta o‘yini!
Bundan tashqari, mazkur o‘yinning geympleyini ham 12 daqiqalik rolik tarzida ulashishdi. Marhamat – Forza Horizon 5 o‘yinida sizni qanaqa qiziqarli joylar kutayotganini tomosha qiling:
Siz ham poygalarga qiziqadigan bo‘lsangiz, mazkur o‘yin to‘g‘risidagi xabarlarni Terabayt.Uz orqali kuzatishda davom eting.
O‘QING: Lucid Air elektromobili Tesla’ning barcha rekordlarini bir pul qildi! («jonli» video)