AKT vazirligi: «O‘zbekistonliklar hali-veri «mobil qullik»dan qutulmaydi»

  •   DiMaX
  •  2051
  •  05.09.2020 15:17

AKT vazirligi: «O‘zbekistonliklar hali-veri «mobil qullik»dan qutulmaydi»

Yaqindagina Adliya vazirligining ma’lumotiga asoslanib, O‘zbekistonda qachondan mobil telefon raqamini o‘zgarishsiz boshqa kompaniyaga o‘tkazish imkoni bo‘lishi haqida yozgan edik. Biroq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmatov bu ma’lumotni rad etdi, deya xabar beradi Qalampir.uz.

O‘QING: Mobil aloqa uchun «TA’LIM» tarif rejasi va maxsus internet-to‘plamlar joriy etildi!

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu haqdagi normativ hujjatning kuchga kirishi – xizmatlar ham o‘sha zahoti kuchga kiradi, degani emas. 1 oktyabrdan mobil telefon raqamini saqlagan holda boshqa aloqa kompaniyasining xizmatlaridan foydalanish mumkinligi haqidagi gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Biroq bunday imkoniyat yaqin kelajakda yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

«Mazkur normativ hujjat joriy yil 31 iyul kuni qabul qilingan bo‘lsa-da, 1 oktyabrdan kuchga kirishi belgilangan. Ammo hujjat kuchga kirdi degani, unda keltirilgan xizmatlar ham o‘sha zahoti kuchga kirishini anglatmaydi», – deydi Sherzod Ahmatov.

Ijtimoiy tarmoqlarda bu kabi gap-so‘zlarning tarqalishiga «Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi normativ-huquqiy hujjat Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani va mobil aloqa operatori o‘zgarganda, raqamlari o‘zgarmay qolishi haqidagi xabarlar sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev «mobil qullik»ni tezda bartaraf etish haqidagi qarorni 2018 yilning may oyidayoq imzolagan edi. Bu boradagi dastlabki xabarlar undan ham avval chiqqan, hatto O‘zbekiston bu borada Latviya bilan hamkorlik qilishi ham aytilgan bo‘lsa-da, mazkur tartib amalga qachon kiritilishi hanuz noma’lumligicha qolmoqda.

O‘QING: «Talaba» tarif rejasini qarshi oling!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.