Amerikaliklar eng ko‘p qaysi smartfonlarni xarid qilishyapti?

  •   DiMaX
  •  2843
  •  13.08.2020 11:53

Amerikaliklar eng ko‘p qaysi smartfonlarni xarid qilishyapti?

Canalys tahlil kompaniyasi joriy yilning ikkinchi choragi oxirida dunyo smartfon bozorida xitoylik kompaniya yetakchilik qilgan. Global reytingga ko‘ra, Samsung savdolari eng kuchli pasaygan, lekin u baribir Apple’dan ko‘p smartfon sotishga erishgan.

O‘QING: Beshta narx toifasidagi eng zo‘r Android-smartfonlar (AnTuTu reytinglari, 2020 yil iyul)

Lekin AQSh smartfon bozorida baribir kupertinoliklarga yetadigani topilmagan. Apple bu yerda nafaqat yetakchilik qilyapti, balki eng yaqin raqibidan ham ikki baravarga ko‘p smartfon sotishga muvaffaq bo‘lgan.

Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, joriy yilning ikkinchi choragida AQSh bozorida 15 milliondan oshiq turli rusumlardagi iPhone’lar sotilgan. Samsung esa okean ortida atigi 7,4 millionta aqlli telefonini realizatsiya qila olgan. Janubiy koreyaliklarning bu ko‘rsatkichi o‘tgan yilning shu davridagisi bilan aynan bir xil, Apple esa o‘z yurtida savdo hajmini 10 foizga oshirgan. Quyidagi jadvaldan ko‘rishimiz mumkinki, kupertinoliklar o‘tgan chorakda AQSh smartfon bozorining 47,1 foizini, Samsung esa 23,2 foizini band etgan:

Kuchli beshlikka yana LG, Lenovo (Motorola brendi) va TCL kompaniyalari kirgan, lekin ularning bozordagi ulushi tegishlicha 11, 6,9 va 4,0 foizga teng, xolos.

Qolgan barcha brendlarning ulushini jamlaganda bozorning 7,7 foiziga to‘g‘ri keladi; bir yil avval mazkur ko‘rsatkich 11,1 foizga teng bo‘lgan. Umumiy hisobda AQSh smartfon bozori bulturgiga nisbatan 5 foizga pasaygan.

O‘QING: iPhone 12 borasidagi noxush xabarni Apple rasman tasdiqladi