AnTuTu eng qudratli flagmanlar TOP-o‘ntaligini e’lon qildi (2020 yil aprel)

  •   DiMaX
  •  1685
  •  07.05.2020 16:15

AnTuTu eng qudratli flagmanlar TOP-o‘ntaligini e’lon qildi (2020 yil aprel)

O‘rta narxli smartfonlarning Xitoydagi egalari AnTuTu servisida amalga oshirgan tekshiruvlari bo‘yicha eng kuchlilari reytingini chiqargan edik. Endi navbat ushbu benchmark dasturchilari e’lon qilgan eng zo‘r (narxidan qat’i nazar) flagmanlar ro‘yxatiga keldi.

O‘QING: Aprelda chiqqan Android-smartfonlardan qaysilari eng zo‘r? (Master Lu reytingi)

Mart oyi reytingida liderlikka erishgan Oppo kompaniyasining Find X2 Pro flagmani bu gal ham shohsupadan tushmagan – 607 147 ball. U bilan birga taqdim etilgan «ini»si – OPPO Find X2 esa ikkinchi o‘rindan joy olgan. Vivo kompaniyasi yaqinda namoyish qilgan, eng zo‘r protsessorli eng arzon 5G-flagman – iQOO Neo 3 5G smartfoni kuchli uchlikka kirdi.

Xiaomi Mi 10 Pro bu gal to‘rtinchi o‘rin bilan cheklanishga majbur bo‘ldi, korporatsiyaning arzonchi brendi flagmani – Redmi K30 Pro esa beshinchi pog‘onada. Ular orasida ko‘p tomonlama rekordchi flagman – OPPO Ace 2 modeli kirib olgan bo‘lsa, 6–10-o‘rinlarni tegishlicha iQOO 3, Realme X50 Pro 5G, Vivo NEX 3S 5G hamda Black Shark 3 Pro band etgan.

Ta’kidlash kerakki, aprel oyidagi eng zo‘r flagmanlarning barchasi hozirda eng kuchli Android-protsessor – Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 865 platformasi bazasida ishlaydi. Jahondagi yetakchilardan biri bo‘lmish mahalliy smartfonsoz – Huawei’ning birorta ham modeli bu ro‘yxatga kirmagani g‘alati.

O‘QING: Kelajak flagmanlarining protsessori – Qualcomm Snapdragon 875 haqida ilk ma’lumotlar chiqdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.