AnTuTu yangi reytingda har kimning joyini ko‘rsatib berdi (2020 yil may)

  •   DiMaX
  •  1948
  •  20.05.2020 14:13

AnTuTu yangi reytingda har kimning joyini ko‘rsatib berdi (2020 yil may)

Asosan smartfonlarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini har oyda reyting tarzida berib keladigan AnTuTu jamoasi bu gal masalaga yangicha yondashdi. Mazkur benchmark saytida Android-smartfonlarga mo‘ljallangan barcha dolzarb protsessorlar reytingi chiqdi.

O‘QING: Ikkita benchmark kelisha olmayapti: qaysi protsessor «eng sun’iy ongli»?

Ushbu reytingda Qualcomm, Samsung, Huawei HiSilicon hamda MediaTek kabi chipsozlarning ayni paytdagi smartfonlarda qo‘llanayotgan protsessorlari qatnashgan. Uni tuzishda Antutu V8 benchmarkida chipsetlarning asosiy hisoblash yadrolari (CPU) hamda grafik tezlatgichlari (GPU) namoyon etgan umumiy ballarga asoslanishgan.

Unga ko‘ra, reytingning cho‘qqisi quyidagicha ko‘rinishga ega:

Payqagan bo‘lsangiz kerak – AnTuTu protsessorlarning barchasini yuqoriga uchayotgan raketa ko‘rinishidagi shkala bo‘ylab, samaradorlik darajasiga ko‘ra joylab ko‘rsatgan. Ya’ni, yuqoriroqda joylashgan chipsetlarning tezkorligi baland, ular orasidagi masofalar ham protsessorlarning samaradorlik darajalari orasidagi farqqa asoslanib katta yo kichik qilib qoldirilgan.

O‘QING: iQOO Z1 5G taqdim etildi: flagman protsessorli ilk smartfon – atigi 309 dollardan!

Ayni damda Qualcomm flagman protsessori – Snapdragon 865 bu reytingda yetakchi bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rindagi Samsung Exynos 990 undan ancha pastda joylashgan; uchinchi pog‘onani esa o‘tgan yilgi Snapdragon 855 Plus egallagan. Huawei korporatsiyasining Kirin 990 5G chipseti bo‘lsa undan ham keyingi – to‘rtinchi o‘rinni olgan, kuchli beshlikni Snapdragon 855 yakunlab bergan.

Shkalaning davomi:

Qizig‘i – nisbatan arzon bo‘lgan MediaTek Dimensity 1000L ham samaradorligi bo‘yicha qimmat protsessorlarga yaqinlashib qolgan.

Qolgan barcha protsessorlarning ushbu samaradorlik shkalasida joylashgan o‘rnini batafsil ko‘rish uchun mana bu havola orqali AnTuTu saytidagi tegishli sahifaga o‘tishingiz mumkin – ularning soni juda ko‘pligi uchun saytimizga joylamay qo‘yaqoldik.

O‘QING: 1000 dollarlik Galaxy S20+’ni mag‘lub etgan, o‘zi atigi 200 dollarlik smartfonni bilasizmi? («Jonli» test videosi)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!