AnTuTu’da mutlaq rekord: Exynos 1080 protsessorli sirli Orion smartfoni!

  •   DiMaX
  •  884
  •  13.10.2020 12:04

AnTuTu’da mutlaq rekord: Exynos 1080 protsessorli sirli Orion smartfoni!

9 oktyabr kuni Samsung o‘zining yangi flagman protsessori – Exynos 1080 modelini (kutilganidek Exynos 1000 emas) e’lon qilgan edi. Kompaniya o‘shanda, uning AnTuTu benchmarkidagi test natijasi allaqachon 650 000 balldan oshayotganini aytib maqtangan.

O‘QING: Bu kompaniya eng kuchli flagmanlar reytingini ostin-ustun qilib yubordi! (AnTuTu, 2020 yil sentyabr)

Endi esa ushbu benchmark ma’lumotlar bazasida kodli nomi Orion bo‘lgan noma’lum smartfon qo‘lga tushdi. Mazkur qurilma bu benchmarkda tekshirib ko‘rilgan barcha flagmanlardan ham yuqori – 693600 ballik natija ko‘rsatib, rekordchiga aylangan!

Orion kodli nomi bilan benchmarkda sinab ko‘rilgan smartfonning na modeli, na ishlab chiqaruvchisi aytilmagan. Biroq uning Exynos 1080 chipseti bazasida ishlashini hisobga olsak, bu – Vivo X60 flagmani. Zero, Samsung o‘zining yangi protsessori bazasida birinchi bo‘lib aynan shu smartfon chiqishini rasman e’lon qilgan.

Shuningdek, sirli Orion tasvir aniqligi 2376x1080 pikselga, yangilanish chastotasi esa 120 gersga teng bo‘lgan displey bilan jihozlangan. Android 11 operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlovchi bu gadjet 8 gigabaytlik LPDDR5 toifali tezkor xotiraga va 512 gigabaytlik UFS 3.1 standartidagi doimiy xotiraga ega.

O‘QING: Realme’ning hamyonbop smartfoni AnTuTu’da hatto Galaxy S20 Ultra va Galaxy S20+ flagmanlarini «yer tishlatdi»!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.