Apple AirPods’ning yana bir kushandasi – Nubia Pods simsiz quloqchini bitta smartfon narxida sotiladi!

  •   DiMaX
  •  2019
  •  09.04.2019 10:35

Apple AirPods’ning yana bir kushandasi – Nubia Pods simsiz quloqchini bitta smartfon narxida sotiladi!

ZTE korporatsiyasiga qarashli Nubia kompaniyasi kuni kecha o‘zining simsiz quloqchinini taqdim etdi. Nubia Pods deb nomlanuvchi ushbu gadjet kupertinolik gigantning AirPods devaysiga munosib raqib, deya baholanmoqda.

O‘QING: Apple’ning yap-yangi gadjeti ta’mirga umuman yaroqsiz chiqdi!

Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, Nubia Pods juda qulay bo‘lib, quloqdan tushib ketmaydi va qo‘ng‘iroqlar paytida shovqinni to‘sish xususiyatiga ega. Lekin quloqchinning asosiy ustunligi – tovushni o‘ta sifatli uzatishida. Ushbu modelning tovush yangratishini shaxsan Luka Bignardi (Luca Bignardi) – naq to‘rtta «Gremmi» sohibi bo‘lgan mashhur ovoz rejissyori sozlagan.

Bundan tashqari, Nubia Pods simsiz quloqchini Bluetooth 5.0 interfeysiga ega hamda AAC va AptX kodeklarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu qurilma bitta quvvat bilan 6,5 soatgacha ishlay oladi. G‘ilofidagi 410 mA/soatlik akkumulyator esa uning ishlash muddatini 24 soatgacha uzaytirish imkonini beradi. Nubia Pods yengil ham bo‘lib, bitta quloqchini vazni atigi 6,2 grammga teng.

O‘QING: Olimlar: simsiz quloqchinlar saratonga sabab bo‘ladi!

Ushbu simsiz quloqchin Xitoyning o‘zida 10 apreldan sotuvga chiqyapti, lekin arzon emas, balki bundayroq smartfon narxida – naq 120 dollar turadi! Lekin oddiy g‘ilofli Apple AirPods gadjeti 159, simsiz quvvatlovchi g‘iloflisi esa 199 dollar turishini hisobga olsak, Nubia Pods unchalik ham qimmat emasligini anglaymiz.

Darvoqe, Apple AirPods (sotib olish) bilan raqobatlashuvchi simsiz quloqchinlarni Samsung, Xiaomi, Meizu va boshqalar ham ishlab chiqarishgan. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa turli (simli va simsiz) quloqchinlarni 79 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish mumkin.

O‘QING: Ikki ming dollarlik smartfon nimasi!? Sony’ning yangi SIMLI quloqchini shuncha turadi-yu...