Apple Arcade – eksklyuziv o‘yinlarga ega yangi servisni qarshi oling! (+videolar)

  •   DiMaX
  •  629
  •  26.03.2019 11:59

Apple Arcade – eksklyuziv o‘yinlarga ega yangi servisni qarshi oling! (+videolar)

25 mart kuni bo‘lib o‘tgan marosimda kupertinolik texnogigant o‘zining bir qator yangi mahsulotlarini taqdim etdi. Ular orasida yangi servis – Apple Arcade ham bor.

O‘QING: Google Stadia o‘yin striming servisi hamda Stadia Controller kontrollerini qarshi oling! (+video)

Apple Arcade shunday serviski, uning foydalanuvchilari pulli o‘yinlarni xarid qilmasdan, oylik abonent to‘lovi evaziga o‘ynay olishadi. Ular ixtiyorida yuzdan ortiq o‘yin, shu jumladan, faqat ayrim platformalar uchungina joriy etilgan eksklyuziv o‘yinlar ham mavjud. Servis kontenti vaqt o‘tishi bilan yanada boyitib boriladi. App Store’da bepul tarqatiladigan o‘yinlar hamda frimium-loyihalar Apple Arcade’ga kiritilmagan.

Yangi servis evaziga, foydalanuvchilarda qo‘shimcha tanlash imkoniyati paydo bo‘lyapti. Avval geymerlar shartli bepul o‘yinlarni yuklab olib o‘ynashlari mumkin edi; ularning asosiy maqsadi esa reklama namoyishidan pul ishlab olish va o‘yin ichidagi tovarlar savdosiga imkon qadar ko‘proq pul sarflashlariga erishishdir. Yaxshi o‘yinlar esa nisbatan qimmat turadi va ularni har kim ham xarid qilavermaydi. Apple shuni hisobga olib, yangi servisi yordamida geymerlarni qo‘llab-quvvatlashga qaror qilgan. Qimmat o‘yinlarni endi sotib olmasdan, Apple Arcade’da nisbatan kam to‘lov evaziga o‘ynash imkoni mavjud bo‘ladi.

O‘QING: Yetakchi dasturchilar yilning eng zo‘r o‘yinlari reytingini e’lon qilishdi (+video)

Quyida Apple Arcade servisi haqidagi rasmiy videorolikni ko‘rishingiz mumkin:

Kupertinolik gigant Apple Arcade’dan tushadigan daromadini ham striming servislari kabi taqsimlamoqchi: kompaniya har bir o‘yinning o‘ynalish soni va geymerlar ularga sarflagan vaqtini hisoblab boradi; talab ko‘proq bo‘lgan loyihalarga kattaroq mablag‘ ajratiladi. Korporatsiya ushbu servisiga yirik o‘yin studiyalarini jalb etgan, shuningdek, uning uchun mustaqil o‘zi o‘yinlar yaratishni ham rejalashtirgan.

O‘QING: Nintendo dasturchilarni ishga taklif qilyapti: maosh va sharoitlar hayratomuz!

Apple Arcade servisidagi o‘yinlarni iPhone, iPad, Apple TV va Mac qurilmalarida o‘ynash mumkin; bunda o‘yin jarayonini gadjetlar orasida o‘zaro sinxronizatsiya qilish imkoni ham bo‘ladi. Servisdagi o‘yinlarda reklama va qo‘shimcha xaridlar bo‘lmaydi.

Xuddi shu tadbirda taqdim etilgan Apple News+ yangiliklar servisida bo‘lgani kabi, Apple Arcade’ga obunani ham qo‘shimcha to‘lovlarsiz o‘z oila a’zolari bilan baham ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Navbatdagi videoga nazar solamiz:

Kupertinoliklar Apple Arcade servisini shu yilning yozida 150 ta mamlakatda ishga tushiradi. AQSh hududidagi foydalanuvchilar uchun unga obuna narxi 9,99 dollarga teng, boshqa mamlakatlar uchun narx esa keyinroq e’lon qilinadi.

O‘QING: Ommabop pulli o‘yinlardan biri iOS va Android uchun bepul chiqyapti! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!