Apple nazdida iPhone, iPad, Mac hamda AppleTV uchun eng zo‘r o‘yin va ilovalar
Kupertinolik kompaniya Apple Design Awards 2020 tanlovi g‘oliblarini e’lon qildi. Mazkur tanlov doirasida korporatsiya o‘zining turli platformalari uchun eng mos keluvchi dasturlarni aniqlab kelmoqda.
O‘QING: Apple Design Awards 2019: yilning eng zo‘r ilovalarini yuklab oling (+video uchun)
Joriy yilda g‘oliblar sakkizta bo‘ldi. Ular orasidan Apple gadjetlari uchun eng yaxshi ilovalar quyidagilardir:
- Darkroom (iPhone va iPad uchun)
- Loom (iPad uchun)
- Sharp 3D CAD modeling (iPad uchun)
- StaffPad (iPad uchun)
Kupertinolik korporatsiya o‘z devayslariga eng muvofiq tushadigan o‘yinlar deb quyidagilarni e’tirof etgan:
- Sayonara Wild Hearts (iPhone, iPad, Mac va AppleTV uchun)
- Sky: Children of the Light (iPhone va iPad uchun)
- Song of Bloom (iPhone va iPad uchun)
- Where Cards Fall (iPhone, iPad, Mac va AppleTV uchun)