Apple rahbari iPhone SE 2020’ning istalgan Android-smartfondan asosiy afzalligini ma’lum qildi

  •   DiMaX
  •  1815
  •  01.05.2020 17:31

Apple rahbari iPhone SE 2020’ning istalgan Android-smartfondan asosiy afzalligini ma’lum qildi

Kupertinolik korporatsiya iPhone SE 2020 (iPhone SE 2 yoki iPhone 9) ixcham smartfonini 24 apreldan savdoga chiqargan. Biz uchun ayrim mamlakatlarda belgilangan narxlarni e’lon qilganmiz. Lekin...

O‘QING: iPhone SE 2020 sotuvga chiqiboq AnTuTu’da hafsalani pir qildi: Apple’ning eski kasali qo‘zidimi!?

Kuni kecha Samsung kompaniyasi uning bevosita raqibi bo‘lmish smartfoni – mart oyida namoyish qilgan, ammo hali narxini aytmagan Galaxy A31 modelini sota boshladi. Shuningdek, Google ham iPhone SE 2’ning haqiqiy «kushanda»sini chiqaryapti – bu hamyonbop Pixel 4a qurilmasidir.

Lekin, Apple bosh direktori Tim Kuk fikricha, ikkinchi avlod iPhone SE’ga birorta ham «yashil robotchali» smartfon bas kela olmaydi. Uningcha, yangi ayfon «eng tezkor Android-smartfonlardan ham tezkorroq»dir.

Korporatsiya rahbarining fikricha, iPhone SE 2020 aholining o‘rtacha daromadi pastroq bo‘lgan mamlakatlarda yaxshi sotilishi kerak. Bu model ko‘plab Android-smartfonlar egalarining ayfonga o‘tishlarini ta’minlaydi, deya ishonmoqda Tim Kuk. Bu borada uning orzulari katta, axir...

O‘QING: Apple bosh aksioneri ham, nihoyat, Samsung tugmachali telefonini tashlab iPhone oldi, lekin...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!