Apple taqdim etib ulgurmagan iPhone 12’larni allaqachon Caviar sotyapti – bittasi $24 540 gacha narxda!

  •   DiMaX
  •  1265
  •  03.08.2020 11:09

Apple taqdim etib ulgurmagan iPhone 12’larni allaqachon Caviar sotyapti – bittasi $24 540 gacha narxda!

iPhone 12 turkumidagi smartfonlarining bu yil kechroq chiqishini Apple rasman tan olgan. Biz yangi turkumdagi har bir modelning turli xotirali variantlari narxlarini ham yozganmiz.

O‘QING: Insayder quloqchinsiz va quvvatlagichsiz iPhone 12 qadog‘ini videoda ko‘rsatdi

Ilg‘or texnologik mahsulotlarning lyuks-versiyalarini ishlab chiquvchi Caviar brendi esa allaqachon o‘n ikkinchi avlod ayfonlarning eksklyuziv versiyalarini taklif etmoqda!

Caviar hali rasman namoyish qilinmagan iPhone 12 smartfonlarining naq 12 xil betakror versiyasini tayyorlagan. Odatdagidek, ularning korpusi qimmatbaho materiallardan ishlangan. Jumladan – oltin, kumush va titan korpusli, alligator va piton terisi qoplangan, brilliantlar bilan bezatilgan ayfonlar bor.

Boylarga mo‘ljallangan lyuks iPhone 12’larning narxlari 4880 dollardan boshlanadi. Eng qimmati esa ichki xotirasi 512 gigabaytlik iPhone 12 Pro Max bo‘lib, uning sof tilladan ishlangan korpusiga sakkizta brilliant ham qadalgan. Narxiyam shunga yarasha – 24 540 AQSh dollariga teng!

O‘QING: Qoraqalpog‘istonlik onaxonga o‘g‘li oltin iPhone X hadya etdi (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.