Apple’dan o‘rnak olib, Samsung ham smartfonlar qutisidan zaryadnikni olib tashlaydi!

  •   DiMaX
  •  1037
  •  10.07.2020 08:45

Apple’dan o‘rnak olib, Samsung ham smartfonlar qutisidan zaryadnikni olib tashlaydi!

Kupertinolik korporatsiya kuzda taqdim etiladigan smartfonlari jamlanmasidan simli EarPods quloqchinini olib tashlayotgani haqida yozgan edik. Keyin esa yangi ayfonlar qadog‘ida quvvatlash uskunasi ham bo‘lmasligi ma’lum qilindi.

O‘QING: iPhone’lar qutisidan zaryadnikni olib tashlayotganini Apple’ning o‘zi ham tasdiqladi

Endi bo‘lsa Samsung ham undan ibrat olib, yangi smartfonlar qadog‘iga zaryadnik qo‘shmasligi haqida mish-mishlar chiqa boshladi. Janubiy Koreyadagi manbalarning xabar qilishicha, bunda faqat quvvatlash adapteridan voz kechiladi, USB-kabel esa qutida bo‘ladi.

Shu bilan birga, barcha rusumlardagi Samsung smartfonlaridan birdaniga quvvatlagich olib tashlanmaydi. Kompaniya hali kelasi yilda buni ayrim modellarida sinab ko‘radi, lekin aynan qaysilarida ekanligi hozircha noma’lum.

Samsung’ning bu boradagi argumentlari ham Apple’niki bilan bir xil: atrof-muhitni muhofaza qilish, resurslarni tejash va ortiqcha quvvatlash moslamalaridan xalos bo‘lish. Axir, ko‘pchilikning uyida eski gadjetlarning hali ishlatsa bo‘ladigan adapterlari bor-ku. Kerak bo‘lsa, yana qo‘shimcha xarid qilish ham mumkin.

Agarda o‘z smartfonlarining loaqal yarmida zaryadnikdan voz kechsa, Samsung nafaqat atrof-muhit himoyasiga hissa qo‘shadi, balki anchagina mablag‘ni tejaydi ham.

O‘QING: Smartfon va noutbukni noto‘g‘ri quvvatlayapsiz, buni bilasizmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!