Apple’ning bahorgi konferensiyasi: 16 martda u nimalarni ko‘rsatmoqchi?

  •   DiMaX
  •  505
  •  20.02.2021 09:51

Apple’ning bahorgi konferensiyasi: 16 martda u nimalarni ko‘rsatmoqchi?

Insayderlarning xabar berishlaricha, Apple kompaniyasi o‘zining yangi mahsulotlari namoyishiga bag‘ishlangan bahorgi matbuot anjumanini bu yil 16 martga belgilagan. Xo‘sh, kupertinoliklar unda nimalarni taqdim etishmoqchi?

O‘QING: Xitoylik kamerofon iPhone 12 Pro Max’ni mahv etib, DxOMark reytingida kuchli beshlikka kirdi!

Ushbu tadbirning asosiy qahramoni yangilangan iPad mini 6 modeli bo‘ladi. 2012 yili dunyo yuzini ko‘rganidan buyon iPad mini seriyasining dizayni umuman o‘zgarmagan. Bu gal esa iPad mini 6 tubdan yangilangan – texnik ta’minoti ham, ekran va dizayni ham.

Planshetning deyarli romsiz displeyi diagonaliga 8,4 dyuymlik o‘lchamda bo‘lib, u korpus old yuzasining 90% dan ko‘proq qismini egallaydi. iPad mini 6 o‘lchamlari esa 195x126,6 millimetrga teng (oldingisining gabaritlari 203x134,8 millimetrlik edi.

Ushbu ixcham aypadda oddiy OLED-panellardan yupqaroq bo‘lgan gibrid OLED-ekran qo‘llanadi; qurilmaning daktiloskopi ham displeyga integratsiya qilinadi. Planshetning «elektron yuragi» sifatida esa Apple A14 protsessori tanlangan.

O‘QING: Egasini rozi qilgan o‘nta iPhone va iPad (AnTuTu reytingi, 2021 yil yanvar)

16 mart kuni namoyish etiladigan mahsulotlar orasida yana yangi iPad Pro ham mavjud. Insayderlarga ko‘ra, Apple uning 12,9 dyuymlik ekranida yangi turdagi – mini LED panelini qo‘llamoqda.

Bulardan tashqari, informator o‘sha kuni AirTag (yoki AirTags) nomli geo-brelok taqdim etilishini aytmoqda. Shuningdek, Apple Card kredit kartasining qo‘llanish doirasi kengaytiriladi – u ko‘plab mamlakatlarda ishlaydigan bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, kompaniya uni 2019 yil mart oyida namoyish qilgan hamda o‘sha yilning avgustida bozorga chiqargan edi.

O‘QING: iOS 15 proshivkasidan quruq qoladigan iPhone va iPad’lar ro‘yxati