Aprelda chiqqan Android-smartfonlardan qaysilari eng zo‘r? (Master Lu reytingi)

  •   DiMaX
  •  1548
  •  01.05.2020 15:38

Aprelda chiqqan Android-smartfonlardan qaysilari eng zo‘r? (Master Lu reytingi)

Ko‘pchilik benchmarklardan farqli ravishda, Master Lu servisi smartfonlarning samaradorligidan boshqa yo‘nalishlarda ham reytinglar chiqarib turadi. Jumladan, yaqinda u joriy yilning 1-choragi holatiga ko‘ra dunyodagi eng kuchli smartfon, protsessor va proshivkalar TOP-o‘ntaliklarini e’lon qilgan.

O‘QING: TOP-10: Ishlatilsa ham narxini ko‘p yo‘qotmaydigan smartfonlar

Mazkur benchmark o‘tgan oyda bozorga chiqqan smartfonlar orasida eng kuchlilari ro‘yxatini taqdim etdi. Unga ko‘ra, 2020 yilning aprel oyida turli smartfonsozlarning jami 17 modeldagi telefoni sotuvga chiqqan.

Biroq eng kuchli smartfon sifatida dunyodagi ikkinchi raqamli smartfonsoz – Huawei yoki «aslo qotmas» OnePlus’ning emas, balki Oppo kompaniyasining flagmani g‘oliblik shohsupasidan joy olgan. Bu – yaqinda taqdim etilgan va ko‘p tomonlama rekord o‘rnatgan Oppo Ace 2 modeli bo‘lib, 522110 ballik natija ko‘rsatgan.

Keyingi o‘rinda eng qudratli Android-protsessorli eng arzon smartfon – iQOO Neo 3 turgan bo‘lsa, kuchli uchlikni OnePlus 8 Pro yakunlagan. Yuqoridagi uchta va to‘rtinchi o‘rindagi OnePlus 8 modellari Snapdragon 865 chipseti bazasiga qurilgan. Qolganlari esa Huawei hamda uning Honor brendiga mansub smartfonlar bo‘lib, xitoylik gigantning o‘z ishlanmalari bo‘lmish Kirin 990 5G hamda Kirin 985 protsessorlariga tayanadi. Bular – Honor 30 Pro+, Honoe 30 Pro, Huawei P40 Pro, Huawei P40, Honor 30 va Huawei Nova 7 Pro qurilmalaridir.

O‘QING: Eng zo‘r flagmanlarda eng keraksiz va hatto zararli bir funksiya bor!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.