Arzon, ammo g‘alati «superselfifon» – Redmi Y3 ham taqdim etildi!

  •   DiMaX
  •  2980
  •  24.04.2019 17:21

Arzon, ammo g‘alati «superselfifon» – Redmi Y3 ham taqdim etildi!

Xiaomi kompaniyasi, kutilganidek, Hindistondagi maxsus tadbirida Redmi Y3 rusumli smartfonini taqdim qildi. Namoyishidan avval uning «superselfilar oluvchi» – 32 megapiksellik kamerasini ta’kidlab reklama qilishgandi.

O‘QING: Redmi Y3 (yoki Redmi S3) mustahkam ham ekan: «superselfifon»ni chelakka irg‘itib, zinadan dumalatishdi! («jonli» video)

Qora, qizil va ko‘k ranglarda chiqayotgan Redmi Y3 o‘lchamlari 158,8x75,6x8,5 millimetr keladi, vazni esa 180 gramm tosh bosadi. Yangi smartfonning gradiyent tusli plastik korpusi suv yuqtirmaydigan P2i nanoqoplamaga ega. 

Tomchisimon «kemtik»li ekran diagonaliga 6.26 dyuymlik bo‘lib, tasvir aniqligi HD+ formatida. Displey yuzasiga Corning Gorilla Glass 5 himoya shishasi yotqizilgan.

Redmi Y3 modelining asosiy o‘ziga xosligi – 32 megapiksellik old kamerasidir: uning piksel o‘lchami 0.8μm bo‘lib, f/2.25 diafragmali va 80 darajalik ko‘rish burchagiga ega. Old kameraga yana selfilarni go‘zallashtiruvchi AI Beauty 4.0 funksiyasi ham joriy etilgan.

Smartfonning asosiy kamerasi bo‘lsa 12 megapiksellik asosiy modul va 2 megapiksellik – tasvir chuqurligini aniqlovchi sensorga ega.

O‘QING: Realme 3 Pro namoyish qilindi: Redmi Note 7 Pro’ning jiddiy raqibi!

Darvoqe, kuni kecha benchmarkda tekshirilganida, Redmi Y3 protsessori masalasida chalkashlik kuzatilgandi. Taqdimotda aniqlik kiritildi: mazkur smartfon Snapdragon 632 protsessori bazasiga qurilgan bo‘lib, ushbu chipset sakkizta yadroni hamda Adreno 506 grafik tezlatgichini o‘zida jamlagan. Qurilma tezkor xotirasi 2 va 3, doimiy xotirasi esa 32 va 64 gigabaytlik talqinlarda taqdim etiladi.

Redmi Y3 akkumulyatori 4000 mA/soatlik, unda ikkita SIM-karta uchun alohida, microSD formatidagi xotira kartasi uchun alohida uyachalar mavjud.

O‘QING: «Jonli» rasm: SD 855 protsessorli Redmi 855 flagmani foydalanuvchi qo‘lida!

Ushbu smartfonning Hindistondagi savdosi 30 apreldan boshlanadi va uning g‘alatiligi shu yerda. Garchi texnik xususiyatlariga ko‘ra Redmi 7 (sotib olish) modeliga yaqinroq bo‘lsa-da, kompaniya uni Redmi Note 7 (xarid qilish) narxida taklif etyapti! Ya’ni, Redmi Y3 smartfonining 3/32 gigabaytlik talqini uchun 143 dollarga, 4/64 gigabaytligi uchun esa 172 dollarga teng narx belgilangan.

Mazkur devays keyinroq Redmi S3 modeli sifatida global bozorga ham chiqishi kutilmoqda. Ayrim rusumlardagi Xiaomi telefonlarini esa allaqachon 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni bor.

O‘QING: RASMIY RO‘YXAT: Android 9’gacha yangilanadigan va yangilangan Xiaomi smartfonlari

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!