Arzon «avtonomlik monstri» – Galaxy F22 taqdimoti va xususiyatlarini Samsung rasman e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  1451
  •  01.07.2021 13:34

Arzon «avtonomlik monstri» – Galaxy F22 taqdimoti va xususiyatlarini Samsung rasman e’lon qildi

Samsung kompaniyasi keyingi paytlarda arzon va o‘rta narxli smartfonlarini sig‘imdor akkumulyatorlar bilan ta’minlashga o‘tgan. Shulardan biri – hali chiqmagan Galaxy M52 5G modeli kuni kecha Geekbench servisida tekshirib ham ko‘rilgan.

O‘QING: Smartfonni zaryadlashdagi eng keng tarqalgan bu xatolikni siz ham takrorlayapsizmi?

Ishlab chiqaruvchi unisidan ham burun boshqa bir smartfoni – Samsung Galaxy F22 qurilmasini e’lon qildi. Rasmiy taklifnomaga ko‘ra, uning taqdimotiga bag‘ishlangan marosim 6 iyul kuni Hindistonda, mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da boshlanadi.

Posterlarga qaraganda, Galaxy F22 o‘tgan oyning boshida namoyish etilgan smartfon – Galaxy A22 5G modelining 4G-versiyasi bo‘ladi. Beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llamasligi hamda batareya sig‘imi 6000 mA/soatgacha oshirilganini hisobga olmasa, ularning orasida aytarli farq yo‘q.

O‘QING: Galaxy F42 5G ham sertifikat oldi – xususiyatlari bilan tanishamiz

Shunday qilib, Galaxy F22 modelining «elektron yuragi» – MediaTek Helio G80 protsessori bo‘ladi. AMOLED-displey HD+ formatida tasvir uzatishga qodir, kadr yangilanishi esa 90 gersga teng. Smartfon asosiy moduli 48 MPlik bo‘lgan kvadrokameraga ega, selfi uchun esa ekran kemtigiga 13 megapiksellik sensor o‘rnatilgan.

Galaxy F22 korpusining yon qirrasiga barmoq izi skaneri o‘rnatilgan, smartfon USB-C porti orqali 15 vattlik tezkor quvvatlana oladi. Samsung uning narxini aytmagan bo‘lsa-da, taxminan 150–180 AQSh dollariga baholanishini kutish mumkin.

O‘QING: Samsung Galaxy smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, iyun)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!