Atigi 7 dollarlik bu rozetka istalgan jihozni «aqlli» qiladi!

  •   DiMaX
  •  942
  •  14.01.2021 12:02

Atigi 7 dollarlik bu rozetka istalgan jihozni «aqlli» qiladi!

Texnologiyalar rivojlangani sayin turli gadjetlar «aqllilashib» borayotganini siz ham payqagansiz-a? Masalan, biz aqlli sichqoncha, ayollar uchun aqlli termometr kabilardan tashqari, hattoki aqlli yostiq va aqlli ko‘rpa haqida ham xabarlar berganmiz.

O‘QING: Yashirin kamera o‘rnatilgan: ijara kvartiralarida yoki mehmonxonalarda yashirin kamerani qanday topsa bo‘ladi?

Intellektual funksiyalar hali yetib bormagan maishiy texnika jihozlariga ham «aql baxsh etish» uchun «Xitoycha Apple» maxsus aqlli rozetka taqdim etdi. Xiaomi MIJIA Smart Wall Socket nomli ushbu devaysga istalgan uy elektr jihozini ulab, unga elektr uzatishni aqlli jarayonga aylantirish mumkin.

Aniqroq qilib aytganda, Xiaomi MIJIA Smart Wall Socket rozetkasi Bluetooth Mesh tarmog‘i orqali smartfonga bog‘lanadi. Keyin esa unga ulangan maishiy jihozga elektr uzatishni muayyan jadvalga ko‘ra tegishli vaqtlarda yoqish va o‘chirishni sozlab qo‘yish mumkin. Shuningdek, rozetka ushbu anjomlarning qancha elektr quvvati sarflagani haqida batafsil hisobot ham berib boradi.

Xiaomi MIJIA Smart Wall Socket nafaqat smartfondagi ilova yordamida, balki o‘zidagi Xiaomi Xiao AI ovozli yordamchisi orqali ham boshqariladi. Xitoyda bu mahsulot allaqachon 7 AQSh dollariga teng narxda sotuvga chiqqan.

O‘QING: Atigi 8 dollardan sotilayotgan «videokuzatuv kamerasi»ning siri nimada?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!