Barcha modellardagi iPhone 11’larning mustahkamligini o‘zaro hamda Galaxy Note 10+ bilan solishtiramiz! (uchta drop-test videosi)

  •   DiMaX
  •  2777
  •  23.09.2019 15:45

Barcha modellardagi iPhone 11’larning mustahkamligini o‘zaro hamda Galaxy Note 10+ bilan solishtiramiz! (uchta drop-test videosi)

Kupertinolik korporatsiya 20 sentyabr kuni iPhone 11, iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max smartfonlari sotuvga chiqardi. Shundan keyinoq ularning musthakamligi sinab ko‘rilgan videolar internetda tarqala boshladi.

O‘QING: Ekspertlar barcha iPhone’larning istalgan Android-smartfondan asosiy ustunligini ma’lum qilishdi

PhoneBuff kanali yilning ikkita asosiy flagmani – iPhone 11 Pro Max hamda Samsung Galaxy Note 10+ modellarini taxminan bir metrlik balandlikdan tashlab ko‘rdi. Birinchi tashlashdanoq iPhone orqa paneli deyarli butunlay sindi, raqibida ham chatnashlar paydo bo‘lgan esa-da, unchalik ko‘p emas. Biroq yonboshlatib tashlaganda iPhone 11 Pro Max janubiy koreyaliklarning flagmanidan kuchli chiqdi. Sababi – ayfonning romi zanglamas po‘latdan, Samsung Galaxy Note 10+’niki esa alyuminiydan ishlangan:

Nihoyat, uchinchi testda displeylarini pastga qaratib tashlashgan, bunda ham Galaxy Note 10+ kupertinolik raqibidan ustun kelgan.

O‘QING: Yirik smartfon bozorida Samsung allaqachon uchinchi o‘rinda. Undan zo‘rlari kimlar?

CNET jurnalistlari esa kupertinoliklarning bu yilgi eng arzon iPhone 11 smartfoni hamda iPhone 11 Pro flagmanini mustahkamlik imtihoniga jalb etishdi. Mana, o‘zingiz ko‘ring-da:

Guvohi bo‘layotganingizdek, har xil (3,3 metrgacha) balandlikdan tashlab ko‘rishganida, bu ikkala smartfon ham «jon saqlab» qolgan, lekin bosh kameralari butkul ishdan chiqqan.

O‘QING: 2019 yilning eng zo‘r 10 smartfoni («Roskachestvo» talqini) va narxlari

EverythingApplePro kanali esa ikkita katta ayfon – iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max modellarini ayovsiz sinab ko‘rishdi. Bunda natijalar hayratlanarli: beton polga turli balandlikdan o‘n martadan oshiq tashlanganida ham bu ikki smartfon aytarli shikastlanmagan! Faqat har ikkala yuzalaridagi shishalari butkul singan.

Shu tariqa, drop-testlarda har xil natijalar namoyon bo‘lgan, bu esa turli omillarga bog‘liq. Nima bo‘lgan taqdirda ham, biz smartfoningiz ustida bunaqa tajribalar o‘tkazmaslikni maslahat beramiz.

O‘QING: Har uchala iPhone 11 modeli AnTuTu’da: bor-yo‘g‘i shumi!?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!