Barcha Xiaomi smartfonlari uchun zo‘r xushxabar bor!

  •   DiMaX
  •  4659
  •  13.03.2019 12:34

Barcha Xiaomi smartfonlari uchun zo‘r xushxabar bor!

Xiaomi smartfonlaridan ishlatayotganlar yaxshi bilishadi – o‘tgan yilning kuzida birdaniga reklama chiqishi ko‘payib ketgandi. Bannerlar turli ilovalarda, sozlamalarda va hatto xabar terayotganda ham chiqib qola boshlagan.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari bunchalik ommabopligining 5 sababi

Buning sababi – Xiaomi kompaniyasining o‘zi MIUI proshivkasining so‘nggi versiyalariga reklama qo‘shgan. Korporatsiya rahbarlaridan biri buni: «Bu – smartfonlarimiz arzonligi evaziga kompensatsiya» qabilida izohlagan.

Afsuski, Xiaomi o‘z smartfonlarida reklamani butkul yo‘q qila olmaydi, chunki kompaniya o‘z mahsulotlarini deyarli o‘z tannarxiga sotgani sababli, daromadni shu reklamalardan ko‘radi.

O‘QING: Samsung, Apple, Xiaomi va Huawei har bir smartfondan qancha sof daromad ko‘radi?

Endi esa, foydalanuvchilarning Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi ko‘p sonli shikoyatlari sababli, bunga o‘zgarish kiritilmoqda. Xiaomi kompaniyasining mahsulotlar bo‘yicha direktori hamda MIUI dasturchilar bo‘linmasining rahbari bunga va’da bergan. Uning Weibo tarmog‘ida ma’lum qilishicha, MIUI’da reklama «qayta tashkillashtiriladi».

Bu degani – endi Xiaomi smartfonlarida reklama kamaytiriladi va u jonga tegib kutilmagan joyda chiqib qolavermaydi. Bundan tashqari, reklamalarning ekranda aks etishini foydalanuvchining o‘zi nazorat qila oladigan bo‘ladi, deyishmoqda kuzatuvchilar.

O‘QING: 105 dollarlik Redmi 7 namoyish kunini Xiaomi vitse-prezidenti rasman tasdiqladi

Ammo Xiaomi vakili bu o‘zgarishlarning aynan qachon amalga oshishini ma’lum qilmagan. Aftidan, shu yil yozda chiqadigan MIUI 11 versiyasida, shuningdek, MIUI 10 talqinining navbatdagi jamlanmalarida bo‘lar.

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi’ning eng arzon Redmi Go hamda «yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 smartfonlarini, shuningdek, ilk tugmachali telefoni – Xiaomi Qin 1s modelini ham Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin. Bundan tashqari, mazkur internet-do‘kondan xarid qilsangiz, shu kunlarda amalda bo‘lgan «Bahor kayfiyati» aksiyasi doirasida yutuqqa ham ega bo‘lishingiz mumkin!

O‘QING: Xiaomi smartfonlari endi qimmatlaydi – buni shaxsan kompaniya bosh direktori aytdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!