Barqaror MIUI 12 proshivkasi 13 ta rusumdagi Xiaomi va Redmi smartfonlariga kela boshladi

  •   DiMaX
  •  4365
  •  29.06.2020 09:20

Barqaror MIUI 12 proshivkasi 13 ta rusumdagi Xiaomi va Redmi smartfonlariga kela boshladi

Xiaomi korporatsiyasi o‘z smartfonlariga MIUI 12 yangilanishlarini jo‘natishni vaqtincha to‘xtatib turishi haqida yozgandik. Lekin kutilmaganda kecha – 28 iyun kuni u 13 xil qurilmasiga ushbu proshivkaning barqaror versiyasini tarqata boshladi!

O‘QING: 16 xil Xiaomi smartfonlari muntazam MIUI 12 yangilanishlaridan mahrum etilyapti!

Yakuniy MIUI 12 grafik qobig‘iga asoslangan barqaror proshivkalar Xiaomi hamda Redmi brendlari ostidagi smartfonlarga «havo orqali» keladi. Yangilanib olishni istovchilar ko‘pligi sababli, dastlabki kunlarda serverlarda yuklama ko‘p tushadi, shu boisdan apdeytni ko‘chirib olish boshida sal qiyinroq kechishi mumkin, deydi kompaniya.

Xullasi kalom, barqaror MIUI 12 proshivkalari ushbu modellardagi smartfonlarga tarqatilmoqda:

  1. Xiaomi Mi 10 Pro;
  2. Xiaomi Mi 10;
  3. Xiaomi Mi 10 Youth Edition (Mi 10 Lite);
  4. Xiaomi Mi 9 Pro 5G,
  5. Xiaomi Mi 9 Explorer Edition;
  6. Xiaomi Mi 9;
  7. Redmi K30 Pro Zoom;
  8. Redmi K30 Pro;
  9. Redmi K30 5G;
  10. Redmi K30;
  11. Redmi K20 Pro Exclusive Edition;
  12. Redmi K20 Pro;
  13. Redmi K20.

Bu xabarni e’lon qilgan nashr tarqatilayotgan proshivkalarning global yoki xitoycha ekanligiga aniqlik kiritmagan. Lekin uning Xitoy sayti ekanligini hisobga olsak, katta ehtimol bilan, bu yerda hozircha faqat mahalliy versiya haqida gap ketmoqda.

Darvoqe, Xiaomi smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Faqat mana shu smartfonlargina MIUI 12’ning turli yangi imkoniyatlariga ega bo‘lar ekan!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!