Beeline TV’dagi 60 dan ortiq telekanallarga bepul kirish muddati uzaytirildi!

  •   DiMaX
  •  3755
  •  16.04.2020 16:56

Beeline TV’dagi 60 dan ortiq telekanallarga bepul kirish muddati uzaytirildi!

2020 yil 18 martdan Beeline o‘z abonentlariga qator yangiliklar saytlarini bepul qilgan, keyin esa Mobiuz (sobiq Universal Mobile SystemsUMS) ham o‘z abonentlariga shunday imkoniyatni taqdim etgan edi. Shuningdek, Ucell ham ta’lim va axborot saytlarini narxlashsiz taqdim etishini e’lon qilgan, keyinroq esa «O‘zbektelekom» ham o‘zining simli internet (Uzonline) va mobil aloqa (Uzmobile filiali) abonentlari uchun ko‘p imtiyozlar bergan.

O‘QING: TO‘LIQ RO‘YXAT: Koronavirus tufayli operatorlarimiz qaysi saytlarni bepul qilishdi?

Operatorlar koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashga hissa qo‘shish uchun o‘z mijozlariga yengilliklar taqdim qilishda davom etishmoqda. Beeline bugun o‘z Telegram-kanali orqali yana bir yangilikni ulashdi. Unda, jumladan, shunday deyiladi:

«Barchaga ma’lumki, maktab o‘quvchilari telekanallar orqali masofaviy o‘qishni davom ettirmoqdalar. Biz abonentlarga g‘amxo‘rlik qilgan holda, sanitariya-profilaktika tadbirlari davomida masofaviy o‘qitish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash niyatidamiz.

Shu sababli, biz aprel oyining oxiriga qadar Beeline TV’dagi 60 dan ortiq telekanallarga bepul kirish xizmatining muddati UZAYTIRILIShINI e’lon qilamiz!

Telekanallardan bepul foydalanish imkoniyati uchun abonentlardan qator ijobiy izohlar va minnatdorchiliklar oldik. Biz o‘z abonentlarimiz, ayniqsa ota-onalar va bolalar uchun eng qulay sharoitlarni yaratishni istaymiz. Ishonchimiz komilki, ushbu qaror dunyodagi hozirgi vaziyat tufayli aholida mavjud bo‘sh vaqtni maroqli o‘tkazishga ko‘makdosh bo‘ladi.

Uydagi vaqtingizni foydali o‘tkazing!»

Terabayt.uz jamoasi ham sizga salomatlik tilagan holda, uyda qolishga chorlaydi va zerikib qolmasligingiz uchun texnologiyalar olamiga oid yangiliklar, turli maslahatlar va maqolalarni e’lon qilishda davom etadi.

O‘QING: RASMAN: Internet va telefon ikki oygacha o‘chmasligi kimlarga taalluqli?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!