Bill Geyts butun dunyoda koronavirusdan qutulishning yagona yo‘lini aytdi

  •   DiMaX
  •  1329
  •  12.10.2020 14:20

Bill Geyts butun dunyoda koronavirusdan qutulishning yagona yo‘lini aytdi

Kuni kecha NBC telekompaniyasi taniqli tadbirkor va filantrop Bill Geyts bilan intervyu uyushtirdi. Microsoft korporatsiyasi asoschisi bu suhbatda koronavirus mavzusiga ham to‘xtalib o‘tdi.

O‘QING: O‘zbekistonda koronavirusni yo‘qotuvchi texnologiya yaratilib, sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi

Bill Geyts fikricha, pandemiyadan qutulish va «normal hayotga qaytish»ning asosiy sharti – dunyo aholisini COVID-19’ga qarshi ommaviy vaksinalashdir. Buning uchun esa «supersamarali va hamyonbop vaksina» yaratish kerak bo‘ladi.

Mazkur biznesmen avvalroq Fox News telekanalidagi suhbat chog‘ida, 2022 yilgacha ushbu pandemiyaning tugashidan umid qilmay qo‘yaverish kerakligini aytgan. Microsoft asoschisi o‘shanda yana bir xavotirli holatga urg‘u bergan: koronavirus pandemiyasi davrida boshqa kasalliklarga qarshi vaksinalash darajasi butun dunyo bo‘ylab 14 foizga pasayib ketgan. Bu esa oxirgi 20 yilda erishilgan natijalarni yo‘qqa chiqardi, deydi tadbirkor.

Ta’kidlash kerakki, uning o‘z rafiqasi bilan hamkorlikda boshqarayotgan Bill & Melinda Gates Foundation xayriya jamg‘armasi koronavirusga qarshi kurashga 650 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratgan. Bu esa mustaqil fondlar tomonidan amalga oshirilgan eng yirik xayriya bo‘ldi.

O‘QING: Ilon Mask nega koronavirus vaksinasi qabul qilishni rad etdi?

Eslatib o‘tamiz, Bill Geyts dunyoni bioterror xavfi kutayotganini 2017 yildayoq aytgan edi. Koronavirus pandemiyasidan esa u besh yil avval ogohlantirgan, ammo bunga hech kim jiddiy e’tibor qaratmagan ekan.

Shuningdek, Microsoft asoschisi avvalroq koronavirus vaksinasi samarasiz bo‘lishi mumkinligini aytgan bo‘lsa, keyin mazkur xastalikka qarshi bir doza vaksina kamlik qiladi, degan.

Ayrimlar Geytsni koronavirusga qarshi vaksina bahonasida insoniyatni chiplashtirmoqchi, deb hisoblashadi. Bu shunchki konspirologiya, lekin Bill Geyts hali koronavirus pandemiyasi boshlanmasidanoq oziq-ovqat g‘amlab qo‘ygan ekan! Bulardan tashqari...

O‘QING: Besh yil avval koronavirusdan ogohlantirgan Bill Geyts yanada xavfliroq ofatni bashorat qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!