Bitta quvvatda 12 kun ishlay oluvchi Realme Watch 2 taqdim etildi

  •   DiMaX
  •  673
  •  01.05.2021 11:46

Bitta quvvatda 12 kun ishlay oluvchi Realme Watch 2 taqdim etildi

2021 yilning 1-choragida Yevropa bozorida smartfon sotish hajmini eng ko‘p – naq 183 foizga oshirgan brend Realme bo‘ladi. Mazkur kompaniya boshqa devayslar yo‘nalishida ham o‘zini ko‘rsatmoqda.

O‘QING: Realme tanlov e’lon qildi: ishtirok eting va 10,000 AQSh dollarigacha pul mukofotiga ega bo‘ling!

Mazkur ishlab chiqaruvchi o‘zining ikkinchi avlod aqlli soati – Realme Watch 2 modelini namoyish qildi. Biz esa rasmiy taqdimotidan ham avval uning anboksing videosini chiqargan edik.

Realme Watch 2 smart-soati diagonaliga 1,4 dyuymlik rangli ekranga ega bo‘lib, uning yuzasiga Corning Gorilla Glass 3 himoya shishasi yotqizilgan. Uning foydalanuvchilari Realme Link ilovasi orqali yuz xildan oshiq siferblat tanlashlari mumkin.

Smartvotch boshida 14 xil sport rejimini qo‘llab-quvvatlaydi, biroq ishlab chiqaruvchi keyinroq unga yangilanishlar orqali 90 ta rejim yetkazib berishni va’da qilmoqda.

Realme Watch 2 foydalanuvchining tomir urishini muntazam tarzda kuzatib borishdan tashqari, qonning kislorod bilan to‘yinganlik darajasini aniqlash funksiyasiga ham ega. Shuningdek, bu aksessuar uyqu fazalarini hamda sifatini ham nazorat qilib boradi.

O‘QING: Android 10 tizimli ilk smart-soat namoyish etildi: 4/64 GB xotira va buriluvchi Sony kamerali!

Aqlli soat akkumulyatori 315 mA/soatlik tok sig‘imiga ega; Realme Watch 2 uning bitta to‘la quvvati bilan 12 sutkagacha avtonom rejimda ishlay oladi. Unda mobil qurilmalarga bog‘lanish uchun Bluetooth 5.0 interfeysi qo‘llanadi. Smartfonga kelgan qo‘ng‘iroq va SMS-xabarlar, shuningdek messenjerlar bildirishnomalari aqlli soat displeyiga chiqadi. Shuningdek, uning ekranidan smartfondagi musiqani boshqarish, kamera zatvorini ishga tushirish mumkin.

Korpusi IP68 standartiga ko‘ra suv va chang kirishidan muhofaza etilgan Realme Watch 2 birinchi bo‘lib Malayziyada, 56 AQSh dollariga teng narxda sotila boshlaydi. Uning boshqa mamlakatlar bozorlariga qachon va qanday narxlar bilan taqdim etilishi hozircha aytilmayapti.

O‘QING: Xitoyliklar o‘z-o‘zini quvvatlovchi ilk smart-soatni tayyorlashdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!