Black Shark degani – faqat smartfon emas: Xiaomi geymerlar uchun maxsus poverbank chiqardi!

  •   DiMaX
  •  903
  •  31.08.2019 11:44

Black Shark degani – faqat smartfon emas: Xiaomi geymerlar uchun maxsus poverbank chiqardi!

«Xitoycha Apple» geymerlar uchun Black Shark brendi ostida maxsus smartfonlar chiqarib kelayotganidan xabaringiz bor. Jumladan, ularning so‘nggisi – Snapdragon 855 Plus bazasidagi Black Shark 2 Pro o‘yinbop smartfoni AnTuTu’da 500 000 dan oshiq natija ko‘rsatishi taqdimotda alohida ta’kidlangan, lekin...

O‘QING: Xiaomi barchani laqillatgan ekan – ikkita yangi flagmani benchmarkda «qovun tushirdi»!

Xiaomi ushbu brend mahsulotlarini kengaytirishga qaror qildi: uning geymerofonlari uchun maxsus geympaddan tashqari, endi maxsus tashqi akkumulyator ham qo‘llash imkoni tug‘ildi.

Yangi namoyish qilingan Black Shark poverbanki 10000 mA/soatlik tok sig‘imiga ega bo‘lib, qurilmalarni 18 vattlik quvvat bilan zaryadlashga qodir. Uning korpusida ikkita standart USB hamda bitta zamonaviy USB Type-C porti mavjud.

Ta’kidlanishicha, ushbu poverbank Xiaomi Black Shark 2 Pro flagmanini 30 daqiqada 43 foizgacha quvvatlay oladi.

O‘QING: Smartfon va noutbukni noto‘g‘ri quvvatlayapsiz, buni bilasizmi?

Devaysning ustki tomonida uning quvvati holatini ko‘rsatuvchi LED-indikator joylashgan.

Ushbu tashqi akkumulyator chindan ham geymerlarga moslangan: uning ichida qizib ketishdan hamda qisqa tutashuvdan himoyalovchi vositalar ham o‘rnatilgan. Uning narxi 17 AQSh dollariga teng, ammo savdoga chiqarilish vaqti hozircha aytilmagan. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa 195 000 so‘mdan boshlanuvchi turli poverbanklarni sotib olish imkoni bor.

O‘QING: Aldanib qolmang: noutbukni ochmasdan batareyasini tekshirish usullari

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!